Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!

Postni ulashish:

Namangan Davlat universiteti rektori, professor Sobitxon Turg‘unovning  filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalari bilan o‘tkazgan muloqotida Yangi O‘zbekistonni ilmli, ma’rifatli, xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan  vatanparvar yoshlar bilan qurish g‘oyasi ilgari surildi.

Universitetda o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy-tadqiqot va amaliyot ishlarini olib borish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan 2 ming o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi qurilganligi, Xitoy, Koreya, Malayziya, Singapur, Rossiya kabi davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari  filiallarini ochish bo‘yicha rejalar tuzilayotganligi, 400 o‘rinli ma’naviyat-ma’rifat markazi, “Botanika bog‘i”, mini futbol, basketbol, voleybol musobaqalari o‘tkaziladigan sport maydonchalari, talabalar uchun yana qo‘shimcha turar-joy binolari bunyod etilayotgani, 30 million dollarlik xorijiy investisiyalarni jalb etish, 10 million dollarlik eksport amaliyotlarini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalardan bir guruhiga rektor tashakkurnomasi va pul mukofotlari  topshirildi.

– Men 1968 yildan beri shu oliygohda faoliyat yuritib kelaman, – dedi professor Qodirjon Nosirov. – Juda ko‘p rektorlar bilan ishlaganman. Hammalari ham o‘z davrida yangiliklar, tashabbuslar qilishgan. Ularning barchalarini chuqur hurmat bilan  e’tirof etgan holda Sobitxon Turg‘unovni “Eng bunyodkor rektor” deb ayta olaman. Chunki keyingi yillarda oliygohda  amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari buni tasdiqlaydi. Shundan so‘ng u universitet muzeyini tashkil etish, tarixini yaratish, amaliyot o‘tash bo‘yicha maktablar bilan o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni o‘rtaga tashladi. 

 Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Mamasoli Hayitovning Rossiyadagi “Злотоус” nashriyoti bilan hamkorlikda universitet qoshida bosmaxona ochish haqidagi taklifi ham ma’qullandi. Shuningdek, so‘zga chiqqanlardan  Abdujabbor Amanov, Elmira Akramova va boshqalar rektor tavsiyasi bilan   fakultet dekani bo‘lib ishlayotgan Abdug‘affor Nazarovning  tashkilotchiligi, fidoyiligi, jamoada ilmiy va ijodiy muhit yarata olganligini alohida  e’tirof etishdi.

 Shuningdek, talabalardan Akbarali Mehmonovning  kitobxonlik bo‘yicha har yili o‘tkazib kelinayotgan tanlovni yanada rivojlantirish, Dilrabo Boyxonovaning “Universtitet iqtidorli talabalari” almanaxini ta’sis etish va boshqa taklif-mulohazalar  ham  e’tiborga olindi.

Uchrashuvda xorijiy tillarni o‘rganish masalasiga ham  alohida ahamiyat berildi. Muloqot yakunida professor-o‘qituvchilarga ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, talabalarga esa fan asoslarini mukammal egallash, xorijiy tillarni  o‘rganish bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berildi.

Obidxon HUSANXO‘JAYEV,
NamDU filologiya fakulteti dekani o‘rinbosari,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Komiljon FAYZIYEV,
fakultetning o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...