Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Inson tarbiyasida uning o‘rni muhim. Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois shahrimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Yuqoridagi fikrlarning amaliy tasdig‘i sifatida Namangan shahar Davlat xizmatlari markazi binosida “Ziyo ulash” loyihasi doirasida kutubxona burchagi tashkil etildi.



Loyiha doirasida tashkil etilgan kutubxonaga so‘z ustasi, qiziqchi Iskandar Hamraqulov, “Ovoz” bolalar loyihasining g‘olibi Qodirxon Valiyev, og‘ir atletika bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Adhamjon Ergashev, boks bo‘yicha ikki karra Osiyo chempioni Jasurbek Yo‘ldoshev, Namangan shahridagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari ixtiyoriylik asosida kitoblar sovg‘a qildilar.
Shu kuni shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Yangi asr” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga aksiya doirasida kitoblar sayyor tartibda yetkazib berildi.
Yana bir e’tiborli jihati FHDYO bo‘limi tomonidan nikohdan o‘tayotgan yosh kelin-kuyovlarga kitob sog‘a qilindi.
Ushbu loyihadan maqsad fuqarolar va adliya organlari xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.
viloyati adliya boshqarmasi axborot xizmati
