Turkiyalik ishbilarmonlar zargarlik korxonasini ochadi

Postni ulashish:

Namanganda Turkiyalik ishbilarmonlar tomonidan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish korxonasi tashkil etiladi.

Namangan shahrida yangi sanoat loyihasi hayotga tadbiq etilishi kutilmoqda.  Turkiyaning “Gold makina” kompaniyasi vakillari Namangan shahar hokimi bilan uchrashib, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish zavodini tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

“Gold makina” – zargarlik texnikalari va asboblari ishlab chiqarish sohasida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uchrashuv davomida shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev mehmonlarni O‘zbekistonda zargarlik sanoati uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, imtiyozlar va imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

“Gold makina” kompaniyasining savdo vakili Ali Zengin bilan bo‘lib o‘tgan samimiy muloqot chog‘ida tomonlar birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, zaruriy texnologiyalar va bilimlarni almashish masalalari bo‘yicha kelishib olishdi.

Ayni paytda ishbilarmonlarga Namangan shahrida ishlab chiqarish zavodi uchun maqbul joylarni ko‘rib chiqish taklif etilgan. Loyiha amalga oshirilsa, bu nafaqat mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga, balki yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham hissa qo‘shadi.

Bu hamkorlik mahalliy va xalqaro bozor uchun yuqori sifatli mahsulotlar yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...