Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida tashkil etilgan anjumanda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari B. Nuritdinov, avto sport va tyuning ustalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.



Tadbir davomida festivalning asosiy maqsad va mohiyati, uning xalqaro darajadagi ahamiyati hamda ishtirokchilar uchun yaratiladigan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Festival dasturidan o‘rin olgan avtomobillar ko‘rgazmasi, tyuning qilingan avtomobillar namoyishi, avto sport, karting, avtomobil ta’mirlash va ehtiyot qismlarni tezkor almashtirish bo‘yicha musobaqalar, tyuning avtomobillari ishtirokida avtoparad, hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib va sovrindorlarni aniqlash, taqdirlash marosimi, tantanali ochilish va yopilish, estrada yulduzlari ishtirokida konsert dasturilari bo‘yicha OAV vakilariga ma’lumot berildi.



Tadbir tashkilotchilari tomonidan festival mehmonlarini jonli avtoshou kutayotgani ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz,”1-Xalqaro Namangan avto festivali” 2025 yil 22 fevral, ya’ni kelayotgan shanba kuni “Afsonalar vodiysi” tematik parkida bo‘lib o‘tadi.
Barcha yurtdoshlarimiz, avto ishqibozlar hamda OAV vakillarini kutamiz.
