Yosh tadbirkorlar sektor rahbarlarining ko‘magini his etmoqda

Postni ulashish:

Namangan shahar kasbga o‘rgatish monomarkazida yoshlar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, sektor rahbarlari, “Aloqa bank” vakillari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Seminarda Prezidentimizning yoshlarni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari ijrosi muhokama qilindi. Xususan, PQ-61, PQ-62 va PQ-60-son qarorlari doirasida yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning ish bilan bandligini ta’minlash va biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, davlat tomonidan yosh tadbirkorlarga ajratilayotgan imtiyozlar va grantlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishi va tadbirkorlik ekotizimini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha loyiha va takliflari bildirildi.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...