Hokim rahbarligida gimnastikani rivojlantirish muhokama etildi

Postni ulashish:

Gimnastika sportini rivojlantirish bo‘yicha muhim uchrashuv o‘tkazildi.

Namangan shahar hokimi, viloyat gimnastika federatsiyasi raisi Anvarjon Otaxodjayev gimnastika sportini yanada rivojlantirish maqsadida sohaga daxldor bo‘lgan sport maktablari murabbiylari, sportchilar va mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur muloqotda gimnastika sport turini yanada rivojlantirish uchun muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida gimnastika bazalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, mavjud binolarni zamon talablariga mos tarzda ta’mirlash ishlarini olib borish kabi ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, federatsiyasi raisi soha vakillari tomonidan bildirilgan barcha takliflarni qo‘llab-quvvatlashini va bu borada zarur yordam ko‘rsatilishini tayyor ekanligini bildirdi. Ushbu amaliy ishlarning asosiy maqsadi – kuchli olimpiya chempionlarini tarbiyalash va yoshlarimizni jahon arenalarida yuksak natijalarga erishishiga yordam berishdir.

Bu ezgu maqsadlar gimnastika sport turini yangi bosqichga olib chiqishda asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...