AGROSANOAT: Jahon bozorida O‘zbekiston mevalarining o’z o’rni bor

Postni ulashish:

Bugungi yangilanishlar davrida har bir sohani, ayniqsa agrosanoat tizimini isloh etish uchun davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, agrar tizimni tubdan yangilash, sohaga yangi innovatsiyalarni joriy etish borasida ko‘lami keng ishlar olib borilmoqda.


      Prezidentimizning 2024-yil 30 sentyabrdagi “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni barpo qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2024-2025-yillar davomida jami 43,2 ming gektar sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzorlar barpo etish belgilab berilgan. Ushbu bog‘ va tokzorlarni asosan 21,8 ming gektari tog‘ oldi va qir adirliklarda 21,4 ming gektar samarasiz bog‘ va tokzorlar o‘rnida jami 33,1 ming gektar mevali bog‘lar va 10,1 ming gektar tokzorlar barpo etish rejalashtirilgan.
Farmonda belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha ayni kunlarda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tog‘ oldi va qir-adirlik, iqtisodiy samarasiz hamda eskirgan bog‘ va tokzorlar o‘rnida yangidan sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzorlar barpo etish bo‘yicha samarador loyihalarni ishlab chiqib, ko‘plab hududlarda amalga oshirmoqda.


Jumladan, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish, sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni barpo qilish” mavzusida Pop tumani Sadoqat massivida barpo etilgan sanoatlashgan bog‘ga press-tur tashkil etildi.
Press-tur ishtirokchilari amaliy ishlar, zamonaviy agrotexnologiyalar va yangi loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu kabi loyihalar orqali mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmini oshirish va ichki bozorni arzon va sifatli meva mahsulotlari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
  – Davlat rahbari tashabbusi bilan boshlangan ishlar hozirdan bo‘y ko‘rsatmoqda. 14 ming gektar sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzor yaratdik, – deydi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nurali Abdullayev ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga javobida. –
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2025 yil oxirida bu raqamga 29 ming gektar qo‘shiladi. Agentlik vakilining ta’kidlashicha, mazkur bog‘lar asosan samarasiz va eski bog‘lar o‘rnida, ayniqsa, tog‘ oldi va qir-adirliklarda tashkil etilmoqda. Bunda Yevropa davlatlaridan olib kelingan, iqlimga moslashgan va hosildorligi yuqori mevali ko‘chatlar ekilyapti.


Yangi bog‘larda tomchilab sug‘orish tizimi joriy etilgan bo‘lib, bu suvdan foydalanish samaradorligini besh barobarga oshiradi. Shuningdek, katta sig‘imli zamonaviy suv omborlari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.
Viloyat misolida tahlil qilinganda joriy yilda tog‘ oldi hududlarda 202 ta sub’yekt tomonidan 3,4 ming gektar yerda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
-Misol uchun Turkiyada bog‘ yaratish ishlari raqamlarda 1000-2000 ming gektardan iborat. Yurtingizda bu ko‘rsatkich 10 minglab gektarni tashkil etyapti. Bu dunyo bo‘yicha yuqori natija. O‘zbekiston meva mahsulotlari eksporti bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinda, – deydi agentlikda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy ekspertning biri – turkiyalik tajribali agronom Qodir Go‘char.
Bu bog‘lar mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmini keskin oshirish, importni qisqartirish, arzon meva mahsulotlarini ichki bozorlarga yetkazib berish imkoniyatlariga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ulug‘bek RO‘ZIMATOV

Message

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...