Nukusda Namanganning “Ilm-ma’rifat bog‘i”

Postni ulashish:

Bugungi kunda ta’lim, fan va ekologiya sohalaridagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yo‘nalishdagi eng ilg‘or tashabbuslardan biri – Qoraqalpoq davlat universiteti hududida barpo etilgan “Ilm-ma’rifat bog‘i”dir. Mazkur bog‘ Namangan davlat texnika universiteti tashabbusi va ilmiy yondashuvi asosida hayotga tatbiq etildi.

Bog‘da 100 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari va 500 tupdan ziyod turli xil gullar ekildi. Ahamiyatli jihati shundaki, bu gullar va ko‘chatlar Namangan davlat texnika universitetining laboratoriyasi va innovasion issiqxonasida yetishtirilgan. Eng muhimi, bu ish jarayonida Namangan davlat texnika universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan gidrogel texnologiyasidan foydalanildi. Ushbu texnologiya suvni tejash va o‘simliklarni samarali parvarishlashda yuqori samara beradi. Bu esa bog‘ni nafaqat go‘zal, balki ekologik jihatdan ham barqaror makonga aylantiradi.

Tantanali ochilish marosimida ikki universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Ular ushbu bog‘ning barpo etilishi – ta’lim, fan va ekologik madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatuvchi yorqin namuna ekanini ta’kidlashdi.

— “Ilm-ma’rifat bog‘i” — bu shunchaki gullar va daraxtlar ekilgan hudud emas. Bu — yosh avlod uchun tarbiya maskani, jamiyatimizda ekologik madaniyatni shakllantiruvchi o‘quv-tarbiyaviy maydon. Bog‘da har bir gul, har bir daraxt ilm-fanning, mehnat va hamkorlikning timsoli. Bizni quvontiradigan jihati — gidrogel texnologiyasi kabi zamonaviy yondashuvlarning amaliyotda o‘z o‘rnini topayotganidir. Bunday tashabbuslar orqali biz nafaqat tabiatga, balki kelajak avlod tafakkuriga ham ta’sir ko‘rsatyapmiz – deydi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Axmed Reymov.

Marosim davomida yana bir muhim voqea sodir bo‘ldi — Namangan davlat texnika universiteti jamoasi Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasiga 64-xalqaro gullar festivalida ishtirok etish uchun rasmiy taklifnomani tantanali ravishda topshirdi. Bu taklif nafaqat an’anaviy do‘stona aloqalarni mustahkamlaydi, balki universitetlar o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikning yangi bosqichini belgilab beradi.

Shubhasiz, “Ilm-ma’rifat bog‘i” kabi tashabbuslar yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, fan yutuqlarining amaliyotga tatbiq etilishi va atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu bog‘ nafaqat bugun, balki ertangi kun uchun ham muhim poydevor bo‘ladi.

Ma’murjon ERGASHEV

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...