Bugun Namangan shahridagi viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi oldida mehmonlarimizni kutib oldik. Ular Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyati, Qurday tumanidan Masho‘llo‘ Tursun Yakubovich, Jambul viloyati Shu shahridan Ayub Hasanzov, Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahridan Salixar Mugaziyev.


Pensionerlar turli sohada ishlab shu yoshga yetdilar. Ularni Pop tumani Madaniyat qishlog‘idan faxriy o‘qituvchi Mamasoli Ermatov taklif etdi. Ushbu uch qardosh respublika vakillari ko‘p yillardan buyon oilaviy bordi-keldi qiladilar. Jurnalist Rahimjon Irisov Mamasoli aka bilan 2013-2017-yillarda “Pop tongi” gazetasi tahririyatida muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlayotganda tanishgandi. Bugun va ertaga mehmonlar shahrimizning diqqatga sazovor joylarini aylanishadi. Bobur nomli bog‘da tushlik qilishdi. 22-fevral kuni esa “1-xalqaro Namangan avtofestivali” jarayonlarini tomosha qilishadi.
