Bugun “Chorsu universal dehqon bozori”da yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va tadbirkorlik muhitini qonuniylashtirish maqsadida Bosh prokratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenting Namangan shahar bo‘limi, “Chorsu universal dehqon bozori”, Namangan shahar soliq inspeksiyasi, Adliya bo‘limi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi bilan hamkorlikda muhim tadbir o‘tkazildi. Savdogarlar shu joyning o‘zida rasmiy tadbirkorlik maqomiga ega bo‘lib, faoliyatlarini qonuniy asosda davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.


Bu nafaqat byudjet tushumlarini oshirish, balki tadbirkorlarga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatini ham yaratadi.
Namanganda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish bo‘yicha bunday tashabbuslar davom etadi!


Qonuniy tadbirkorlik — barqaror rivojlanish garovi!
