Namangan Davlat texnika universitetida Islom taraqqiyoti banki tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobiga barpo etilgan “Mexanika parki” tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.


Mazkur loyiha doirasida universitet zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanib, muhandislik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun real ishlab chiqarish sharoitida ishlash imkoniyati yaratildi.
Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda viloyat hokimi o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev ishtirok etdi. Tadbir davomida mehmonlar loyiha ahamiyatiga to‘xtalib, uning ta’lim va sanoat integratsiyasidagi o‘rni, yosh muhandislar uchun yaratadigan keng imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.


Shuningdek, “Mexanika parki” nafaqat universitet rivojiga, balki butun viloyatning sanoat salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shishi ta’kidlandi.
