Respublikamiz aholisining 55 foizini yoshlar tashkil etadi va ular yurtimiz kelajagi bunyodkori. yigirma yildan so‘ng bugungi bolalar va yoshlar O‘zbekiston tarixidagi eng katta ishchi kuchiga aylanadi. Bugun yosh avlodning salohiyatini oshirishga (ta’lim, malaka, sog‘liqni saqlash) kiritilayotgan investisiya ertaga meva bera boshlaydi, ya’ni aynan shu yoshlar O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishiga shak-shubha yo‘q. Xususan, “Yuksalish” harkati hududiy bo‘linmasi yurtimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan ishlarida ham ezgu maqsad yotadi.
Harakatning Namangan viloyati bo‘linmasi tomonidan oliy o‘quv yurtlarida Davlat dasturining 21-bandi “Xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovkalarga yuboriladigan yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish choralarini ko‘rish” yuzasidan monitoring ishlarini olib bordi.
Jumladan, monitoringda quyidagi oliy o‘quv yurtlari xorijdagi oliy ta’lim muassasalari bilan memorandum va shartnomalarni imzolagan:
– Namangan chet tillari instituti Polsha davlatining University of applied sciences in nysa universiteti va Rossiyaning Qozon federal universitetlari bilan;
– Namangan Davlat pedagogika instituti Qirg‘iziston Respublikasining Qirg‘iziston – Turkiya “Manas” universiteti, Belorussiya Davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi, Yanka Kupala nomidagi Grodno Davlat universiteti, Polotsk Yevrosin nomidagi Polotsk Davlat universiteti, A.S.Pushkin nomidagi Brest Davlat universiteti, O‘sh Davlat universitetlari bilan;
– Namangan Davlat universiteti Rossiyaning federal Davlat byudjeti fan instituti, A.V.Rjanov nomidagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi instituti, Turkiyaning Istanbul Aydin universiteti, Yaqin Sharq texnik universiteti, Qirg‘iziston davlatining “Manas” Qirg‘iziston-Turkiya universiteti, Janubiy Koreyaning Sejong universiteti, Xitoy davlatinig Shimoliy-Gʻarbiy universitlari bilan;
– Namangan muhandislik-qurilish instituti Malayziyaning BNTU filiali “Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti” xodimlarni boshqarish va rivojlantirish (BNTU IIFAS va RP filiali), Mara texnologiya universiteti, Rossiyaning Qozon federal universitetining Naberejniye Chelni instituti filiallari bilan;
– Namangan muhandislik-texnologiya instituti Belorusiya Davlat universitetining “Tadqiqot fizikaviy-kimyoviy muaommolar instituti”, Xitoy davlatining Neotik Texnologiya Zejiang universiteti, Huaxing taraqqiyoti va sarmoyasi universiteti, Vengriyaning Ko‘rt Zrt hamda Viziter ekologik va suv eksporti universitetlari, Ispaniyaning Edibon universitetlari bilan;
– Namangan to‘qimachilik sanoati instituti Qozog‘iston davlatining Muxtor Auezova nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Eron davlati Amirkabir texnologiya universiteti, Turkiyaning Karabük universiteti, Belarus milliy texnika universiteti, Vitebsk davlat texnologiya universiteti, Vengriyaning Obuda universiteti, Rossiyaning Ivanova Davlat universiteti va Sank-Peterburg Davlat sanoat texnoloniyasi va dizayn universitetlari bilan hamkorlik memorandumi va shartnomalari tuzilgan.
O‘tkazilgan monitoring xulosalariga ko‘ra harakat tomonidan takliflar tavsiya etiladi.
Unda chet ellarda yosh olimlarni muddatli ilmiy amaliyotga yuborishda saralash tanlovlarini o‘tkazish, OAVda va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilib borish hamda barcha fan yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyot o‘tashga tavsiyalanuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning sifatiga alohida e’tibor qaratish ko‘rsatilgan.
Shuningdek, amaliyot o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlarning chet tillarini bilish bo‘yicha sertifikatlarga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga xorijiy universitetlar va qisqa muddatli malaka oshirishga yuborilgan iqtidorli yoshlarning ilmiy g‘oyalarini rag‘batlantirishga alohida urg‘u berilgan. Xorijiy oliy ta’lim muassasasida amaliyot o‘tab qaytgan yosh olimlarga barcha ilmiy tuzilmalardagi zamonaviy asbob- uskunalaridan foydalanish huquqini berish hamda akademik harakatchanlik dasturi doirasida nomzodlar tanlovida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Hukumatimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga, yoshlar bilan ishlash siyosatini takomillashtirishga davlatning ustuvor yo‘nalishi sifatida eng yuqori darajada e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ularning ta’lim olishiga, bandligiga, ijtimoiy himoyalanishiga katta mablag‘lar ajratilmoqda. Davlat rahbari yoshlar bilan muntazam muloqotda bo‘lish zarurligini ta’kidlaydi.
Bugun mamlakatimizda islohotlar jadallashdi va O‘zbekiston yangi taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘ydi. Bu, o‘z navbatida, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy muhit yanada bormoqda. Shunday ekan, jarayonlarni uzluksiz tahlil qilish, zarur hollarda o‘zgartirish kiritish va rivojlanishning yangi manbalarini kreativ tarzda aniqlash dolzarb vazifaga aylandi.
Nargiza MUHAMMADIYЕVA,
“Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari
