Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz! shiori bilan shahrimizda o‘tkazilayotgan ma’naviyat festivali doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan shahar bo‘linmasi va “Chinor” mahallasi bilan hamkorligida “Ma’rifatli oila” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibotchilari, viloyat yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir Ziyoviddin Mansurov Ma’naviyat festivali doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mamlakatimizda jamiyatning bosh bo‘g‘ini hisoblanuvchi oilalar mustahkamligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida atroflicha gapirib berishdi. Ziyolilar bilan ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir mahalla aholisida unutilmas taassurot qoldirdi.
Tadbir tashkilotchilari mahallaning namunali oilalariga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirishdi. Tadbir kuy-qo‘shiqlar bilan bayramona tarzda yakunlandi.
Tohirjon MADAMINOV,
Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari
