Namangan shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Oq yo‘l senga, bitiruvchi!” deb nomlangan tantanali tadbir katta tantana va ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Ushbu tadbir texnikumni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar uchun o‘ziga xos yirik voqea bo‘ldi.

Tadbirda Namangan shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Abdurahimova maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi. U o‘z chiqishida bitiruvchilarni chin qalbdan tabriklab, mamlakatimizda yoshlarga, ayniqsa, tibbiyot va jamoat salomatligi sohasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Chiroyli she’rlar, sahna chiqishlari va qo‘shiqlar tadbirga alohida ruh va shuko‘h bag‘ishladi. Mehmonlar va ustozlar faol va namunaviy talabalarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirlab, ularga kelgusi hayotlarida omad va muvaffaqiyat tilashdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh mutaxassislarda Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat va jamiyat oldidagi mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi. Shu bilan birga, bitiruvchilarni kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruhlantiradi va ilhom bag‘ishlaydi.
