Insonni tabiatga bo‘lgan mehrini oshirish, ayniqsa yoshlar ongida atrof-muhit barqarorligiga daxldorlik hissini tarbiyalash maqsadida maktablarda “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining sektor bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. U Yangi Namangan tumanidagi 2-maktabda bo‘ldi.
Unda tuman hududidagi 4 ta sektordan g‘olib bo‘lgan maktab jamoalari ekologik bilimlari, qonunchilik, tabiatni muhofaza qilish masalalari va amaliy yechimlar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Har bir jamoa ekologik loyihalar, savol-javoblar va ijodiy ishlanmalar orqali o‘z salohiyatini ko‘rsatdi.


Tanlovda g‘oliblikka 2-maktab vakillari loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, 2-o‘rinni 63-maktab jamoasi, 3-o‘rin esa 59- va 69-maktab jamoalari egallashdi.
Sektorlar o‘rtasidagi ko‘rik-tanlovda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza kilish va iqlim o‘zgarish bo‘limi, IIB, prokuratura hamda maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limi vakillari ishtirok etishdi.
tuman hokimligi axborot xizmati
