Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondining grant mablag‘i asosida moliyalashtirilgan loyihasi doirasida gazetamiz tahririyati tomonidan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Unga ko‘ra “Milliy kontent – milliy o‘zlik” shiori ostida ijtimoiy roliklar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan 20 nafarga yaqin blogerlar, jurnalistlar o‘zlarining ijodiy ishlari ijtimoiy tarmoqlarda onlayn orqali kuzatib borildi. Tanlov hay’ati tomonidan har birlarining ijodiy faoliyatlari diqqat bilan o‘rganildi va eng munosiblari g‘olib deb topildi. Mazkur tanlov yakunlanib, g‘oliblar e’lon qilindi. Unga ko‘ra Abbosbek Sattorov, Yahyobek Usmonov, Ulug‘bek Sobitovlarning ijodiy ishlari munosib deb topildi.
– Men ushbu tanlovda qatnashib, g‘olib bo‘laman deb o‘ylamagandim-, deydi Namangan Davlat universiteti jurnalistika yo‘nalishi talabasi Yahyobek Usmonov. – Ushbu tanlov yoshlarni o‘zbek milliy qadriyatlarimizni bilishni, ming yillar davomida saqlanib kelgan urf-odatlarni asrab qolishni targ‘ib etadi. Albatta, bugungi kun yoshlari uchun mana shunday milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan tanlovlar juda zarur.

Gʻoliblar “Namangan sadosi” tahririyatining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
