Namanganlik mohir adib Isoqjon Nishonov qalamiga mansub “Afg‘on shamoli”, “Dovon”, “Jasorat”, “Millat vijdoni, “Dilpora”, “Hayot va ajal”, Adolat g‘ori”, “Qora marjon” kabi yetmishga yaqin asarlari xorijda ham o‘z o‘quvchilarini topib ulgurgan.
Yozuvchining qator kitoblari Markaziy Osiyo, Yevropa mamlakatlarida nashr etilgan. Kuni kecha Amerikadagi “Outskirts press” nashriyoti yozuvchining “Broken Blossoms” (A Childhood Memoir) “Hazon bo‘lgan bolalik” (Bolalik xotiralari) romanini nashr etdi.
Muallif kitobga yozgan so‘zboshisida “Mening bu asarim amerikalik o‘quvchilar bilan tanishish uchun qo‘yilgan dastlabki qadamdir”, deya e’tirof etadi. Nashriyot bu kitobni yozuvchining shu kunlarda nishonlanayotgan 70 yillik yubileyiga tuhfa sifatida chop etgani tahsinga sazovor.
