Haqiqiy bahoni xalq beradi

Postni ulashish:

Har bir kasbning o‘ziga yarasha mashaqqati va zahmatlari, faxru iftixor etishga arziydigan jihatlari bor.

Ana shu ma’noda ichki ishlar xodimlarining xalq tinchligini saqlash yo‘lidagi zahmatli va sharafli mehnatlarini har qancha e’tirof etsak-da oz.

Namangan shahar IIO FMB katta eksperti,

mayor A’zam Babayev ham sohada fidoyilik namunasini ko‘rsatib kelayotgan xodimlardan biri.

Uning bolalik yillari  Kosonsoy tumani, Qo‘qumboy qishlog‘ida o‘tgan.

– Bolaligimda  maktabdan so‘ng asosiy vaqtim  bobomning bog‘ida o‘tar, dexqonchilik va chorvachilik qilishda yordam berardim. Oilamizda bola tarbiyaga katta ahamiyat berilardi. Yigit kishiga yetmish hunar oz deb  bilgan bobom meni qishlog‘imizdagi kosibchilik va nonvoylik bilan shug‘ullanadigan ustalarga ham bergan,- deya xotirlaydi A’zam.- Dadam Abdulaziz Babayev ichki ishlar xodimi bo‘lgan, o‘zlari uyda kam bo‘lsalar-da o‘qishimiz, tarbiyamiz bilan shug‘ullangan. Uzoq yillar samarali mehnat qilib, podpolkovnik unvoni bilan pensiyaga chiqqan.

A’zam   32-umumta’lim maktabini tamomlagach,  Ichki ishlar organlari oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirdi. Ota kasbiga bo‘lgan mehr  uni ichki ishlar organlariga yetakladi. 2006 yilning avgustida viloyat IIB ekspert kriminalistika bo‘limiga ishga qabul qilindi. Mana o‘shandan buyon  turli lavozimlarda  xizmat qilib kelmoqda.

A’zam Babayev  o‘z kasbini juda yaxshi ko‘radi,  garchi ekspert-kriminalistika sohasi xodimdan tog‘dek sabr va metindek matonatni talab etsa-da, kasbdoshlari bilan birgalikda bir yoqadan bosh chiqarib. “qilni qirq yorib”, juda sinchikovlik bilan hodisa joylarini ko‘zdan kechirish, daliliy ashyolarni olib, jinoyatni issiq izidan ochish unga zavq bag‘ishlaydi. Ayniqsa, jinoyatchiga jazo muqarrarligini ta’minlanganida zimmasidagi vazifani to‘laqonli ado etganidan xursand  bo‘ladi.

–  Biz qachonki, o‘z xizmat vazifamizni bajarsakkina, xalq oldida ham ishonchni oqlagan bo‘lamiz. Biz xalq xizmatidamiz, fuqaro ishonchi biz uchun hamma narsadan muhim. Besh qo‘l barobar emas, har bir sohada  ma’naviy salohiyati, bilim darajasi sayoz  xodimlar bo‘lishi mumkin. Ba’zan ijtimoiy tarmoqlarda bir-ikki kishining xatoga yo‘l qo‘yishi ortidan ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirish holatlariga ham duch kelyapmiz.  Sohaning haqiqiy egasi bilimiga tayanib, hissiyotlarga berilmay, o‘z ishini munosib davom  ettiradi. O‘z  kasbining mutaxassisi bo‘lmagan xodim kulguga qolishi tabiiy. Xalq baribir oqni qoradan ajrata biladi, bizga haqiqiy bahoni xalq beradi,  – deydi  A’zam faxr bilan. 

Bugun ichki ishlar sohasi faoliyati takomillashtirilmoqda. Xodimlar salohiyatini oshirish,ma’naviyatini boyitish,jangovar shayligini oshirish borasida katta sa’y harakatlar davom etmoqda. Doimiy ravishda xaftaning  shanba kuni Ma’naviyat va ma’rifat darslarida  adabiy suhbatlar o‘tkazilib kelinadi. Sport musobaqalari, tanlovlar tashkillanadi. Bunday qizg‘in jarayonlarda ichki ishlar xodimlari har tomonlama toblanib,sinovlardan o‘tmoqdalar.

A’zam bilan suhbatimiz qizg‘in kechdi. U  Sohibqiron bobomizning “Temur tuzuklari” asarini o‘qigani,taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning teran mulohazalari ham ma’naviyati yuksakligidan dalolat beradi.

A’zam har kuni ishga ketishdan  avval ota-onasidan duo olishni kanda qilmaydi. Bu qadriyatlar uning farzandlari tarbiyasida ham muhimki, ota-ona rizoligi bilan har bir inson muvaffaqiyatlarga erishishini anglab yeta oladi.

Ichki ishlar organlari sohasida keng dunyoqarashga ega shunday xodimlarimiz ko‘p. Ular bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi.

Gulchehra Buvamirzayeva,

jurnalist

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...