AGAR PENSIYADA BO‘LSANGIZ …

Postni ulashish:

–  Korxona arxivi yoki mehnat daftarchasi yo‘qolib qolgan taqdirda yo‘qolgan ish stajlarini qanday qilib “tiklash” mumkin?

– Agar fuqaroning ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlari yo‘qolgan bo‘lsa, ushbu vaziyatda yo‘qolgan mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar sudning qarori bilan belgilanadi.

Bunday holatga tushib qolgan fuqarolarimiz ish stajlarini tiklatish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin. Bunda Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari fuqarolarga ish stajini tasdiqlash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, sudlarga da’volar tayyorlashda ko‘maklashadi.

–  Men ishlamayman. 80 yoshdan oshgan otamga qarayman. Otamga qaragan davrim ish staji hisobiga olinishini qanday bilishim mumkin?

– Buning uchun mazkur toifadagi fuqarolardan hech narsa qilishlari talab qilinmaydi.

Chunki 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turish vaqti Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Pensiya jamg‘armasiga axborot tizimi orqali yuboriladigan elektron ma’lumotlar asosida aniqlanadi.

Olingan elektron ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaroga otasiga qaragan davri ish stajiga inobatga olinadi. Ma’lumot uchun: mazkur qarab turish davri ish stajiga inobatga olinishi uchun fuqaroda kamida yetti yil ish staji bo‘lishi talab etiladi.

Savollarga Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi
Namangan shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Sadriddinov javob berdi.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...