Bitiruvchilar bandligi: TALABA ENDI BANKIR

Postni ulashish:

Namangan Davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-62 sonli qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbir Markaziy bankning Namangan viloyati bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Uchrashuvda universitetda iqtisodiyot yo‘nalishi tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari, viloyatimizdagi yetakchi banklar vakillari hamda davlat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdilar. Talabalar va ish beruvchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotda mehnat bozoridagi dolzarb masalalar, iqtisodiyot rivoji yo‘lida kelajagimiz egalarining mutaxassisliklarin mukammal egallab, malakali kadrlar bo‘lishi hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash e’tibor markazida bo‘ldi.

– Universitetda o‘qish davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘ldik, – deydi universitet bitiruvchisi Usmonjon Hasanov. Ish beruvchilar bilan bevosita muloqotda o‘zimizni namoyon etish, bank sohasida ishlashga tayyor ekanligimizni namoyon etdik. Tavsiyanomaga ega bo‘lishim men uchun katta mas’uliyat va kelajakda o‘z sohamda yanada rivojlanishim yo‘lidagi muhim qadamdir. Universitetimiz rahbariyatiga, tashkilotchilarga va bizga ishonch bildirgan bank vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Tadbirda mutaxassislar bank-moliya sohasida zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish muhimligi, buning uchun oliy ta’lim muassasalari bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, bitiruvchilarga ishga joylashish jarayoni, bank tizimidagi mehnat faoliyati, zamonaviy bank xizmatlari va innovatsion moliyaviy texnologiyalar haqida keng tushunchalar berildi. 

Muloqot yakunida talabalar uchun muhim yangilik e’lon qilindi: Namangan davlat texnika universitetining 15 nafar bitiruvchisi viloyatimizdagi turli banklarda ish boshlash uchun tavsiyanomaga ega bo‘ldilar. Ushbu tavsiyanoma yoshlar uchun istiqbol sari muhim qadamdir.

Isroil YUSUPOV

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...