Toshkent kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali yangi davr shiddati

Postni ulashish:

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Namangan filialida tashkil etilgan matbuot anjumani hamda press-tur barcha sohalar, barcha jabhalardagidan jo‘shqin, qizg‘in onlarga boyligi bilan o‘zgacha, havas va hayratga molik bo‘ldi.

Ta’lim yo‘nalishlari soni 29 tani tashkil etayotgan universitet tomonidan ayni paytda Janubiy Koreya, Belgiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, AQSH, Latviya, Finlandiya, Bolgariya, Polsha, Italiya, Yaponiya va Qozog‘iston kabi davlatlardagi ko‘plab yetakchi ta’lim muassasalari bilan 55 dan ortiq memorandum, hamkorlik shartnomalari va talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Janubiy Koreyadagi YODJU texnika instituti, shuningdek, Xanyang, Gachon, Xankyong kabi universitetlar, Chosun, Chonju, Dayegu (Koreya Respublikasi), Ruzvelt universiteti (AQSH), Peskara Yevropa dizayn universiteti (Italiya), NILE va Starklayd universitetlari (Buyuk Britaniya), Riga texnika universiteti, Turiba universiteti va Boltiq xalqaro akademiyasi (Latviya Respublikasi), Berlin texnika universiteti va Xalqaro amaliy fanlar universiteti (Germaniya), Yildiz texnika universiteti va Istanbul Aydin universiteti (Turkiya) shular jumlasidan.

Universitetning 6 ta ta’lim maktabi tarkibida 33 ta bakalavriat va 20 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Matbuot anjumani ishtirokchilariga ta’lim va taraqqiyot yo‘lidan shiddat bilan borayotgan universitet va uning Namangan filialidagi jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Jurnalist va blogerlarda taqdimot va chiqishlar, nazariyani amaliyot bilan uyg‘un olib borilayotgani katta taassurot qoldirdi. Davolash ishi, stomatologiya, pediatriya, oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlaridagi ta’lim jarayonlari zamonaviy va eng so‘nggi rusumdagi tibbiy texnika vositalari bilan olib borilayotgani barchaning e’tiborini tortdi.

Matbuot anjumani universitet tomonidan o‘quv binolari, klinika, talabalar uchun turar-joy barpo etilayotgan ulkan bunyodkorliklar maydoni, Davlatobod tumanining “Yuksalish” mavzesiga press-tur bilan davom etdi.Press-tur mobaynida muassasaning bugungi odimlari istiqboldagi rejalar borasida batafsil va keng qamrovli ma’lumotlar berildi. Barcha jarayonlarda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarga universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar hamrohlik qilishdi.

Isroil YUSUPOV,
jurnalist

Toshkent filiali:
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy, 100121
Ma’lumot uchun telefon: +998 78 129 40 40 (ichki raqam 1).
Telegram: (@kiut_official)
Instagram: (@kiut.uz_rasmiy)
Fecyebook: (fb.com/kiut.uz)
YouTube: https://www.youtube.com/@TOSHKENT_XALQARO_KIMYO_UNIVER
Pochta info@kiut.uz

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...