MEHNAT YARMARKASI: 2000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni taklif etildi

Postni ulashish:

“Namangan Suv ta’minoti” AJ shahar bo‘limi binosida yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Namangan shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, “Namangan Suv ta’minoti” AJ shahar bo‘limi hamda Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. Yoshlarni bo’sh ish o’rinlariga bo’lgan qiziqishi hamda tadbirkorlar tomonidan tayyor mahsulot ko’rgazmasi bilan yaqindan tanishgan shahar hokimi Anvarjon Otaxo’jayev, mehnat yarmarkasi nomiga tashkil etilib qolmay maqsadli natijaga erishilishiga ham alohida to’xtalib o’tdi.

Yarmarkada 28 ta tashkilot o‘z faoliyati va mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildi. Umumiy hisobda 2054 ta bo‘sh ish o‘rni yarmarka ishtirokchilariga taqdim etildi. Tadbirga 450 nafarga yaqin fuqaro jalb qilindi.

Shunga ko‘ra:

12 nafar yoshlar ishga joylashtirildi;

7 nafar yoshla kasb-hunar o‘qishiga yo‘naltirildi;

34 nafar ishtirokchiga yo‘llanmalar berildi;

340 dan ortiq fuqaro esa ish o‘rinlari va bandlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.

Ushbu yarmarka yoshla bandligini ta’minlash, ish izlovchilarni ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash, kasb-hunar o‘qitish imkoniyatlarini targ‘ib qilishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...