ILMLI YOSHLAR – YURT G‘URURI hokim maktab bitiruvchilar bilan uchrashdi

Postni ulashish:

Namangan shahrida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy ta’lim maskanlari, sport inshootlari va madaniy markazlar yaratish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mana bir necha kundirki, 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan shahrimizning turli hududlarida ommaviy tadbirlar, ochiq muloqotlar, shou kechalari o‘tkazilmoqda. Shularni davomida sifatida Namangan shahar hokimligining katta majlislar zalida 2024-2025-o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan, kelajak sari ishonch bilan qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘ldi.

Tadbirda qatnashgan shahar hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev “Yoshlar kuni”  hamda umumta’lim maktabini muvaffaqiyatli, yuksak natijalar bilan tamomlagan yoshlarga, ustoz-murabbiylarga, ota-onalarga samimiy istaklarini bildirdi. U yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, to‘g‘ri tarbiyalash, zararli ta’sirlardan asrash kabi dolzarb masalalar haqida gapirib, yozgi ta’tilda yoshlarni oromgohlar va foydali mashg‘ulotlarga jalb etish, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va san’at kechalari o‘tkazish bo‘yicha vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shahrimizdagi 53 ta umumta’lim maktabida 76108 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ulardan 30081 nafari boshlang‘ich, 46027 nafar esa yuqori sinflar hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilarning 65 876 nafariga o‘zbek, 10 232 nafariga esa rus tilida ta’lim-tarbiya berilyapti.

Joriy o‘quv yilida 5257 nafar yosh maktabni yakunladi. Bitiruvchilarning 315 nafarida chet tillarni bilish darajasidagi (IELTS) sertifikatga ega bo‘lib, ulardan 440 nafari muddatidan oldin (o‘tgan yili 324 nafar) talabalik sharafiga muyassar bo‘ldi. Shu jumladan, 67 nafari nufuzli chet davlatdagi oliy ta’limga o‘qishga kirishdi.

Tadbir davomida namunali xulqi, odob-axloqi, ommaviy tadbirlarda fidokorligi tengdoshlariga ibrat bo‘lgan 67 nafar o‘quvchi “Oltin medal”, 5 nafar bitiruvchi esa “Kumush medal” bilan taqdirlandi.

Tantananing o‘ziga xos va ilhomlantiruvchi muhitida o‘tkazilgan medal topshirish marosimidagi unutilmas lahzalarda shahar hokimi bitiruvchilarni yuksak natijalari bilan samimiy tabriklab, kelgusi o‘qish va ishlarida zafar tiladi.

Medal egalari sahnaga ko‘tarilgan daqiqalar – faxr, quvonch va hayajon aralashgan shukronalik tuyg‘ulari bilan barcha yig‘ilganlarning yodida qoldi. Zero, bu mukofot bilimga chanqoqlik, mehnatsevarlik va halollikning yorqin timsolidir.

Bu natijalar bizni g‘ururlantiradi va kelajakka ishonchimizni mustahkamlaydi.

Nasimjon YUNUSOV,

“Namangan sadosi” maxsus muxbiri

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...