Namanganda IT mahsulotlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha Koreya va AQSH kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bugun, Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev Koreyalik investorlar va mahalliy IT kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Koreyaning nufuzli IT kompaniyasi “Nextree”ning asoschisi Song Taegook, AQSH va O‘zbekistondagi bir necha loyihalar asoschisi Farxod Furqatov, viloyat hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Axunbabayev va Raqamli texnologiyalar vazirligi viloyat shoʻbasi rahbari Rasuljon Xolmatovlar ishtirok etdi.


Song Taegook, “Nextree” kompaniyasining rahbari, Namanganda sohalarni raqamlashtirish va yoshlarni IT sohasiga o‘qitish, shuningdek, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha loyihalarini taklif qildi. Shuningdek, IT tadbirkor Farxod Furqatov, “1FIT” va “deepen.uz” asoschisi, dasturiy ta’minotlarni tayyorlash va eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarini bildirdi. Shahar hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev har ikki loyihani amalga oshirishda hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini ta’kidladi. Bu hamkorlik Namanganning raqamlashtirish sohasini rivojlantirish, yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va innovasion kadrlar tayyorlashga katta hissa qo‘shishiga xizmat qiladi. – dedi, shahar hokimi.
