Maktabda shaxmat musobaqasi

Postni ulashish:

Prezidentimizning 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha ma’lum ishlar qilinmoqda. Aholi hamda yoshlarning shaxmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda uni keng ommalashtirish maqsadida Namangan viloyati hokimining tashabbusi bilan mahallalar, ta’lim muassasalarida shaxmat musobaqalari o‘tkazilmoqda.  Shahrimizning “Iftixor” mahallasi hududidagi 46-maktabda viloyat hokimi kubogining shahar bosqichiga yo‘llanma olish musobaqasi bo‘ldi. Unda mahallaning 7 yoshdan 70 yoshgacha fuqarolari hamda maktab o‘quvchilaridan iborat  havaskor shaxmatchilar ishtirok etishdi. – Aql o‘yini musobaqalarida, ayniqsa, maktab o‘quvchilari katta qiziqish va faollik bilan qatnashdi, – deydi maktab direktori Madina Ortiqova. – Qizg‘in bellashuvlarga boy o‘tgan musobaqada maktabning 10-“A” sinf o‘quvchisi Maqsudbek Bannoyev faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Endi Maqsubdek shahar bosqichida bahs olib boradi.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...