Har bir kontent milliy o‘zlikka chaqiriq

Postni ulashish:

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondining grant mablag‘i asosida moliyalashtirilgan loyihasi doirasida gazetamiz tahririyati tomonidan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Unga ko‘ra “Milliy kontent – milliy o‘zlik” shiori ostida ijtimoiy roliklar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan 20 nafarga yaqin blogerlar, jurnalistlar o‘zlarining ijodiy ishlari ijtimoiy tarmoqlarda onlayn orqali kuzatib borildi. Tanlov hay’ati tomonidan har birlarining ijodiy faoliyatlari diqqat bilan o‘rganildi va eng munosiblari g‘olib deb topildi. Mazkur tanlov yakunlanib, g‘oliblar e’lon qilindi. Unga ko‘ra Abbosbek Sattorov, Yahyobek Usmonov, Ulug‘bek Sobitovlarning ijodiy ishlari munosib deb topildi.

–  Men ushbu tanlovda qatnashib, g‘olib bo‘laman deb o‘ylamagandim-, deydi Namangan Davlat universiteti jurnalistika yo‘nalishi talabasi Yahyobek Usmonov. – Ushbu tanlov yoshlarni o‘zbek milliy qadriyatlarimizni bilishni, ming yillar davomida saqlanib kelgan urf-odatlarni asrab qolishni targ‘ib etadi. Albatta, bugungi kun yoshlari uchun mana shunday milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan tanlovlar juda zarur.

Gʻoliblar “Namangan sadosi” tahririyatining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...