Namangan shahrimizning “Ozod” mahallasidagi yakka kurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabida 800 dan ortiq o‘g‘il-qizlar sportning 17 turi bo‘yicha ta’lim olmoqda. Maktabda 86 nafar tajribali murabbiylar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, paralimpiya sport turlari bo‘yicha 10 dan ziyod yoshlar shug‘ullanmoqda.


Namangan shahar prokurori Qobiljon Axmadjanov sport maktabi faoliyati bilan tanishib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha qator vazifalarni belgiladi.
Shahar prokurori sportchilarga xalqaro miqyosda yuqori natijalarga erishishlari uchun yanada yaxshiroq sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan sport maktabining yanada rivojlanishi uchun takliflar ishlab chiqilishi topshirildi.


Bunday chora-tadbirlar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning jismoniy hamda ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
