Kasallikdan qanday ehtiyot bo‘lish mumkin?

Postni ulashish:

Tabiatda turli kasalliklar, turli dardlar bor. Ularning ba’zisi yuqumli, inson o‘limiga olib kelsa, ayrimlarini davolash mumkin. Biroq, quturish – barcha issiq qonli hayvonlarda va odamlarda uchraydigan bedavo o‘ta xavfli yuqumli kasallik hisoblanadi.

Xo‘sh, bunday o‘ta xavfli kasallik qanday yuqishi mumkin?

Kasallik odamlarga asosan quturgan itlar va mushuklarning, shuningdek, yovvoyi hayvonlarning tishlashi, tirnashi, so‘lagi tegishi oqibatida odamlarga yuqadi. Chunki kasallikni qo‘zg‘atuvchi virus quturgan hayvonlar so‘lagida bo‘ladi.

O‘zbekistonda odam uchun kasallikning yetakchi manbai – itlar hisoblanadi. Kasallik hayvonlardan hayvonlarga va hayvonlardan odamlarga yuqadi.

Ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kungacha quturish kasalligining davolash usullari ishlab chiqilmagan. Eng dahshatlisi quturish kasalligi juda og‘ir kechib, kasallik 100 foiz o‘lim bilan tugaydi, ya’ni qiynoqli va dahshatli o‘lim qayd etiladi.

Kasallikning asosiy belgilari: kasallangan it-mushuk va boshqa  hayvonlar odamlar va hayvonlarga besabab tashlanib, ularni tishlaydi, og‘zidan ko‘p miqdorda so‘lak ajralib chiqadi, vaxshiylashib yeyishga xos bo‘lmagan buyumlar (temir, yog‘och, latta va boshqalar)ni g‘ajiydi, ko‘z qorachiqlari kengayib, muskullari, quloqlari, qovoqlari, teri va dumlari  falajlanishi bilan yakunlanadi. Kasal hayvonda kasallikning ilk alomatlari  paydo bo‘lgandan so‘ng 4-6 kunda o‘ladi.    

Tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida suvdan qo‘rqa boshlagach birorta ham bemorni davolash yo‘li bilan o‘limdan olib qolib bo‘lmasligini ta’kidlagan. Bu kasallikda boshqa yuqumli kasalliklarda kuzatilmaydigan suvdan qo‘rqish, havodan qo‘rqish kabi alomatlar kuzatiladi va bemor juda qiynalib vafot etadi. O‘tmishda bu kasallikka “suvdan qo‘rqish”, ya’ni “gidrofobiya” deb bejiz nom berilmagan. Haqiqatdan ham quturish bilan hayvon kasallanadimi yoki odam kasallanadimi, yakuni aniq-dahshatli o‘lim.

Shu bois kasallikni davolashni emas, balki uni oldini olishni o‘ylash kerak. Quturish kasalligining oldini olish bilan nafaqat veterinariya va tibbiyot sohasi xodimlari, balki barcha, har bir kishi shug‘ullanishi lozim. Xususan, quturish kasalligining oldini olishda, hayvonlarni, ayniqsa itlarni saqlash qoidalariga rioya qilish, odamlarda quturish kasalligining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xonadonlarda boqilayotgan it-mushuklar veterinariya bo‘limlarida  ro‘yxatga olinishi va har yili qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

Fuqarolarga shuni eslatib o‘tamizki,  viloyatimizda  joriy yilning 1-10-fevraligacha  «Quturish kasalligiga qarshi kurash oyligi»  e’lon qilingan bo‘lib, bunda xayvonlarni  kasallikka qarshi majburiy emlash va xonadonlarda boqilayotgan barcha it-mushuklarni hisobga olish ishlarini  amalga oshirish tadbirlari o‘tkazilmokda.

Quturish kasalligiga qarshi kurashish va oldini olishda  tibbiyot, veterinariya, obodonlashtirish tashkilotlari, mahalla mutasaddilari va butun jamoatchilik xamkorlikda  faoliyat olib borishi yaxshi samara beradi.

Rahimjon YUSUPOV,
shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...