Namangan shahridagi Q.Mamarasulov nomli ko‘chada shu kunlarda keng hajmli bunyodkorlik davom etmoqda. Loyihaga ko‘ra, yo‘lning ikki cheti obodonlashtirilib, savdo va servis shoxobchalari tashkil etiladi va ular tunu-kun yurtdoshlarimiz xizmatida bo‘ladi.


Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu ko‘chada olib borilayotgan qurilish jarayonlarini o‘rgandi. Yo‘lning ikki chetida daraxtlarga shakl berish, quriganlarini butash, yangi yo‘lakchalar, savdo va servis ob’yektlari barpo etish ishlari qizg‘in bormoqda.


Viloyat rahbari ushbu ko‘chadagi amaliy ishlar transport harakati tirbandligini oldini olish, piyodalar uchun qulay sharoit yaratish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, har bir ob’yekt bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.
