Ma’lumki, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mahallalarda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan eng ilg‘or yetakchilar ro‘yxati har chorakda e’lon qilinadi.
Shunga ko‘ra, 2024 yilning yakuniy natijalariga ko‘ra, shakllangan TOP-100 yoshlar yetakchilari reytingi e’lon qilindi.
Bu ro‘yxatdan joy olgan yoshlar yetakchilari mahalla tizimida o‘z bilim va fidoyiliklari bilan yoshlarga yo‘l ko‘rsatib, ularning maqsad va intilishlarini amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.

Shu jumladan, Namangan shahridagi “Quvonch” mahallasi yoshlar yetakchisi Otabek Akbarov ham yuztalikdan joy egalladi.
Yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingidan joy olganlar ertangi kun egalari bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hamda muammolarini bevosita mahallalarda hal etishda bosh-qosh bo‘lmoqda.
Otabek bugungi kunda mahalla tizimida o‘z salohiyati, shijoati va yaratib berilgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanib, barkamol avlod vakillarning haqiqiy yetakchisi deyish mumkin.
Yil davomida o‘zining tirishqoqligi va bilimi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yoshlar yetakchilarini yana bir bor tabriklaymiz!
O‘z muxbirimiz
