Kasb – bu daromad manbai

Postni ulashish:

Mamlakatimiz Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitilmoqda. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish va amaliy ko‘nikmalar berish maqsadida umumta’lim maktablarida samarali tizim yo‘lga qo‘yilgan.

Namangan shahridagi 88-umumta’lim maktabida mazkur loyiha doirasida 27 million so‘m mablag‘ evaziga 3 ta tikuv mashinasi va zarur xomashyo yetkazib berildi. Natijada o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalari rivojlanib, dars jarayonlarida ular tomonidan tayyorlangan sifatli mahsulotlar maktab jamoasi va ota-onalar tomonidan sotib olinmoqda. Tushgan daromad esa keyingi mahsulot uchun zarur bo‘lgan xomashyoga sarflanmoqda. Bu jarayon yoshlarning kasb tanlashiga mustahkam poydevordir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...