Zarina Xojaeva: futbol mening hayotim

Postni ulashish:

Bahor insonga ezgulik va shodlik tuyg’ularini olib keladi. Yurtimizda bu fasl ayollar bayrami bilan boshlanib, qo’shaloq bayram sifatida kutib olinadi. Bayram bahona gazetamiz ijodiy jamoasi turli sohalarda fidoyilarcha mehnat qilayotgan ayollarimiz bilan suhbatlar, intervyular tashkil etib, siz aziz gazetxonlar hukmiga havola etishga chog’landik.

“Millionlar o’yini” bo’lmish futbol hozirda dunyo miqyosidagi birinchi raqamli sport turiga aylangan. So’nggi yillarda mamlakatimizda ayollar futboliga bo’lgan e’tibor kuchayib bormoqda. Bugungi kunga kelib, o’zbek ayollari halqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, yuksak zafarlarni qo’lga kiritmoqda. Ana shunday yutuqlarga erishib kelayotgan ayol sportchilardan biri, “Navbahor – Women” ayollar terma jamoasi a’zosi Zarina Xojaevadir. Umrini futbolga bag’ishlagan qahramonimiz Zarina bilan ushbu sport turida qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlari haqida suhbatlashdik.

Ayol futbolchimiz 1989-yil 18-aprelda Namangan shahrida tavallud topgan. U 10 yoshidanoq futbol bilan shug’ullana boshlagan. Dastlab o’z tengqurlari bilan ko’chalarda to’p tepib yurgan kezlari Zarina murabbiylari nazariga tushadi. Undagi iste’dodni payqagan murabbiylar futbol shaydosi bo’lgan yoshgina qizni Namangan viloyati sharafini himoya qiladigan “Gulbahor” ayollar jamoasiga taklif etadi. 11 yoshida mazkur jamoada to’p sura boshlaydi. Qisqa vaqt ichida 2001-yil mazkur jamoa bilan respublika bosqichida faxrli 3-o’rinni egallab, o’zining ilk g’alabasini qo’lga kiritadi. Shundan so’ng, faoliyatini turli jamoalarda – “Umid”, “Zarafshon”, “Semurg'” kabi jamoalarda davom ettirgan. 2005-2007-yillarda O’zbekiston milliy terma jamoasida ham to’p suradi. Hozirda “Navbahor – Women” ayollar terma jamoasi sardori.

– Zarina avvalo sizni 8-mart “xalqaro xotin-qizlar” bayrami bilan tabriklaymiz. Sizga dastlabki savolimiz nima uchun futbolni tanlagansiz?

– Tabrik uchun rahmat. Yoshligimda sportning ko’plab turlari bilan shug’ullanganman. Lekin futbol meni o’ziga bog’lab oldi. Dastlab ko’chada tengqurlarim bilan futbol o‘ynab, to’p tepardik. Shundan boshlab futbol meni o’ziga Mahliyo etdi. Men futbol olamiga kirib ketdim va futbol mening hayotimga aylandi.

– Bu sohani tanlaganingizda oila a’zolaringiz tomonidan qarshilik bo’lmaganmi?

– Boshida shunchaki qiziqish deb unchalik ahamiyat berishmagan. Keyin meni jiddiy kirishib ketganimni bilib, oyimlar qarshilik qilib ko’rganlar. Lekin mendagi qiziqishni ko’rib ular ham o’zimga qo’yib berganlar.

– Agar farzandlaringiz ham futbolchi bo’laman desa qanday yo’l tutardingiz?

– Agar farzandlarim o’zlari qiziqib futbolchi bo’lishni xohlasa, bunga qarshilik qilmayman. Ularga to’g’ri yo’l ko’rsatib, qo’limdan kelgan barcha yordamni qilaman. Chunki futbolchi bo’lish uchun avvalo bolaning o’zida qiziqish bo’lishi kerak. Agar u o’zi xohlasa, albatta futbolchi bo’ladi.

– Ushbu sport yo’nalishidagi ayollarni boshqa soha vakilalaridan farqli jihatlari nimada?

– Eng asosiy farqli jihati sport bilan shug’ullangan ayollar sog’lom bo’lishadi. Ularda qomatning go’zal bo’lishi bilan birga, o’zlariga bo’lgan ishonch yuqori bo’ladi. Chunki har kuni jismoniy mashqlar orqali o’zini chiniqtirib, vaznini nazorat qilishlariga yordam beradi. Bu esa inson sog’lom bo’lib yurishi, turli kasalliklarga chalinishini oldini oladi. O’zining tengqurlariga qaraganda yoshroq ko’rinadi.

– O’zbek futboli haqida nima deya olasiz, uning bugungi va kelajagi haqida?

– O’zbek futbolida bugungi kunda katta o’zgarishlar bo’lmoqda. Dastlab futbolga kirib kelganimda ayollar futboliga e’tibor unchalik ham kuchli emasdi. Asosan erkaklar futboliga e’tibor qaratilar, ularga ko’proq imkoniyatlar berilardi. Hozir esa munosabat umuman boshqacha. Ayollar futboliga ham erkaklar bilan bir xil e’tibor qaratilmoqda. Turli yoshdagi jamoalar o’rtasida respublika chempionatlari o’tkazib kelinmoqda. O’zbek ayollari Osiyoning etakchi jamolarida to’p surmoqda. Umuman olib aytganda o’zbek futbolida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Futbolimiz kelajagi haqida fikrim ijobiy. Kelajakda bizning jamoalar xalqaro maydonlarda ham g’oliblar qatorida bo’lishadi. Boshqa mamlakatlar jamoalari bilan teng kurasha olishadi. Men bunga ishonaman.

Zarina bizga vaqt ajratib suhbatlashganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusi faoliyatingizga omadlar tilaymiz.

Ahror ZOKIROV

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...