“Ey, yuzing ko‘zgusiga volai hayron, nargiz”

Postni ulashish:

O‘zbekiston xalq artisti, ustoz Kamoliddin Rahimov tavalludiga 82 yil

Jarangdor va kuchli ovoz sohibi bo‘lgan, umrini san’atga baxshida qilgan ulug‘ san’atkor, bastakor va mohirsoz inson, O‘zbekiston xalq artisti, ustoz Kamoliddin Rahimovdagi oliy fazilatlar haqida juda ko‘p gapirish mumkin. Ustozdagi ana shunday, har qanday kishi havas qilsa, arzigulik fazilatlardan biri –  bu  ustozlarini doimo yuksak darajada hurmat qilganliklaridir.

Har qanday ustoz ota-ona bilan teng maqomda turuvchi yuksak martabali inson hisoblanadi va ularni rozi qilib, duolarini olgan shogird hech qachon kam bo‘lmaydi. Umri barakali, hayoti esa mazmunli o‘tdi. Ustoz Kamoliddin Rahimov o‘z ustozlarini ana shunday e’zozlab, barchamizga namuna bo‘lgan holda ijod qilib, san’atimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. San’at ahliga, yosh hofizlarga ibratli ustoz bo‘lish bilan ibratli umr ko‘rib, yuzlab ijod namunalarini meros qilib qoldirdilar. Birgina misol, Kamoliddin Rahimov o‘zining sevimli ustozi Tojiali Olimovga o‘z davrida yaxshigina qiymatga ega bo‘lgan avtomashina sovg‘a qilganlari haqida ko‘pchilik eshitgan bo‘lsa kerak. Bundan tashqari muborak Ramazon oylarida ustozlarini ziyorat qilib, ularga hadyalar berib, ko‘ngillarini olib yurganliklarini ko‘p eshitib, havas qilganmiz. Halqimizda “Nima eksang – shuni o‘rasan” degan hikmatli naql bor. Bu odobni nafaqat san’at ahillari, balki har qanday sohada faoliyat yuritayotgan kishi o‘rgansa bo‘ladi. Yuqoridagi ezgu ishlarning samarasi o‘laroq, ustoz Kamoliddin Rahimov ham umrlarining oxirigacha elu-yurtning, shogirdlarining ardog‘ida bo‘ldilar. Ustoz hozir tirik bo‘lganlarida 82 yoshni qarshi olgan bo‘lardilar.

Men ham musiqa maktabida bir necha yillardan beri ishlash jarayonimda o‘quvchi-shogirdlarga ustoz Kamoliddin Rahimov bastalagan qo‘shiqlardan o‘rgatish bilan birga, u kishidagi insoniy  odoblarni ham yuqtirishga harakat qilaman. Chunki odob-ahloq, ustozlarga ehtirom ko‘rsatib ularning duolarini olish o‘zbek millatining eng oliy xislatlaridandir. Chunki, inson umrini bezaydigan narsa ham uning yaxshi amallari va ezgu ishlaridir. Ustoz Kamoliddin Rahimov ham o‘z umrini ana shunday ezguliklar bilan bezagan ulug‘ inson edilar. Ustozning oxiratlari obod, joylari jannatda bo‘lishini tilayman.

Azizbek PO‘LATOV,
Kamoliddin Rahimov nomidagi 11-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...