Uzoq o‘tmishimizni bobolarimiz va buvilarimiz yaxshi eslashadi oilada ota o‘z burchini, ona o‘z burchini yaxshi bilgan. Ko‘p bolali xonadonlar xuddi to‘yxonadek bo‘lgan. Bunda ovqatlanish, birga yotib turish, o‘ynash va uy-ro‘zg‘or ishlariga qarashish ular tarbiyasida ijobiy rol o‘ynagan. O‘g‘il va qiz bolalar bir-birlarini nazorat ham qilganlar.

O‘g‘ildir, qizdir shirin tili bilan aka yoki opasining nomaqbul ishini dadasiga “chaqib” bergan. Ota-onaning bir og‘iz yomon bo‘ladiya!” deb aytgan dakkisi ularga bir umrlik saboq bo‘lgan.
Bugunchi… o‘tkinchi havasga berilgan ayollar ko‘paydi. Oqibatda ular o‘rtasida jinoyatchilikka qo‘l urish ham ko‘paydi. Firibgarlik, tovlamachilik, o‘g‘rilik, narkotik moddalar savdosi, tan jarohati yetkazish… Bunday turdagi jinoyatlar bilan mas’uliyatga tortilayotgan ayollar o‘z kelajaklari, farzandlari va yaqinlarining ham hayotiga putur yetkazayotganliklarini bilarmikinlar.
Shu o‘rinda yana oilada, qarindosh-urug‘lar orasida so‘zida va ishida sobit erkaklar ko‘payishini o‘ylayman. Ular o‘z qobiliyatlari bilan o‘z yaqinlarining boshiga chinakam soyabon bo‘lishlari kerak. Bundan ko‘ngli va qalbi xotirjam ayollar jamiyatdagi ishlarida faol, oila va qarindosh-urug‘lar davrasida chinakam bekalik darajasiga ko‘tarilishlarini juda-juda xohlardim.
Rasilya IBRAGIMOVA,
Yangi Namangan tumani IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori
