Namangan shahrida ehtiyojmand fuqarolarga xizmat ko‘rsatish yo‘lida yana bir muhim tashabbus ro‘yobga chiqdi. “Boy xonim” yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) tomonidan tashkil etilgan kunduzgi qatnov asosidagi parvarishlash xizmati o‘z faoliyatini boshladi.



Mazkur maskan hozirda ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 7 nafar shaxsga kunduzgi xizmat ko‘rsatmoqda.
Muassasaning ochilish marosimi tantanali tarzda o‘tkazilib, unda shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, shahar IIOFMB boshlig‘i Umarjon Abduvaliyev, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Yangi tashkil etilgan markazda uch mahal issiq taom bilan ta’minlash, maxsus avtotransport xizmati hamda barcha zaruriy qulayliklar yaratildi.


Shuningdek, yaqin kelajakda uyda qarab turish xizmati va shaxsiy yordamchi xizmatlarini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.
Ushbu xayrli tashabbusga “Gʻuncha” MFYda yashovchi tadbirkor ayol Muyassarxon Qoriyeva bosh-qosh bo‘lib, ijtimoiy sohadagi muhim ehtiyojlarni qondirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
