Mehnatsevarlik – insonning iste’dodi, layoqati

Postni ulashish:

Yangi Namangan tumanida qo‘l mehnati orqali rizq topayotganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu hududda chorvachilik, issiqxona, yengil sanoat, gul yetishtirish, qush boqish, qo‘yingchi bozor nimani talab qilsa shuni tayyorlaydigan kasb-hunar egalari bisyor.

“Sohil” mahallasi bu borada yaxshigina tajribaga ega. Mahallaning yetakchi tarmog‘i yog‘och o‘ymakorligi. Chindan ham oddiy yog‘ochga ishlov berish orqali ko‘rkam shaklga aylantirish hammaning ham ishi emas. Insondan mehnatsevarlik, yuksak iste’dod, layoqat talab qilinadi. Shu bois chinakam  san’at asari yaratiladi.

Boburmirzo Javlonov ham qo‘li gul hunarmandlardan. Unga yog‘och bilan tillashishni otasi o‘rgatgan. Endigina 21 yoshda bo‘lsada o‘zi mustaqil ravishda shu yo‘nalishda ish olib bormoqda. Yosh hunarmand tashkil etgan kichik syexda uch nafar ishchi, uch nafar shogird yordamida so‘ri bezaklari va yog‘och quti (yashik)lar tayyorlanadi. Mahsulotlar asosan Samarqand, Surxondaryo, Jizzax singari viloyatlarga yetkazilmoqda. 

– Bu hunarni o‘rganish uchun katta mablag‘ yoki murakkab uskunalar kerak emas, – deydi  Boburmirzo Javlonov. – Tabiiy yog‘och, oddiy asboblar va mening qo‘l mehnatim. Yog‘ochga ishlov berish – nafaqat hunar, balki daromad manbai hamdir.  Ochig‘i mavsumda bir yarim mingdan ziyod yashik ham tayyorlaymiz.

Yosh tadbirkor mahsulot turlarini ko‘paytirish niyatida. Endi imoratlarning zinapoyasi, stol-stullar hamda so‘rilar uchun tayyorlanayotgan do‘lana mahsulotlarini oxiri bosqichigacha bo‘lgan ishlov berish, bo‘yash jarayonlarini o‘zi bajarmoqchi. Ushbu maqsad yo‘lida unga zarur bo‘ladigan uskunalarni xarid qilishda mahalla yoshlar yetakchisi amaliy yordam ko‘rsatdi. Yaqin kunlarda yosh tadbirkorning syexida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi yanada ortib, ishchi o‘rinlari yaratiladi. 

Mazkur hunar turi shu kasbga qiziquvchi yoshlarda kasbiy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, mehnatsevarlikka undaydi.


Dilmurod ABDULLAYEV

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...