Sun’iy intellektga ega robot xavfli zonalarga yuboriladi

Postni ulashish:

Britaniya kompaniyasi mamlakat Mudofaa vazirligi bilan inson uchun xavfli bo‘lgan zonalarda ishlovchi robotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Britaniyaning Oxford Dynamics kompaniyasi Mudofaa vazirligi bilan inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan hududlarda ishlaydigan robotlarni loyihalash, yaratish va yetkazib berish bo‘yicha 1 million funt sterlingli shartnomani imzoladi.

Strider nomli ushbu robotlar kimyoviy, biologik va yadroviy zararlangan, shuningdek, o‘ta xavfli radiatsiya sharoitida ishlash uchun yaratilgan. Kompaniya direktorlaridan biri bo‘lgan Mayk Loutonning aytishicha, «oxir-oqibat yurt xizmatiga 10 ming tagacha Strider robotlari yig‘ilishi mumkin».

«Insonni hayot uchun potensial xavf tug‘diradigan joyga yuborish o‘rniga, keling, mashinalarni jo‘natamiz», — deydi Louton.

Komapniya Strider’ni o‘tgan yil noyabrda loyihalashni boshlagan va sentabrda uni Mudofaa vazirligida foydalanish uchun Mudofaa ilm-fan va texnologiyalari laboratoriyasiga topshirishi kerak. Robot zararlangan buyumni ajratib olishi va uni germetik konteynerlarga joylashtirishi, shuningdek, odamlar uchun murakkab o‘lgan yarim avtonom harakatlarni amalga oshirishi mumkin.

Bundan tashqari, robot infraqizil, radiolokatsion va lidar tizimlaridan foydalanib harakatlanish qiyin bo‘lgan hududlarda yura oladi. Kompaniya robotga o‘z AVIS AI nomli o‘z dasturiy ta’minotini o‘rnatmoqchi.

Kompaniya asoschisi va direktori Shefali Sharma kelajakda mazkur texnologiyadan suv osti kemalari va qiruvchi samolyotlarda ham foydalanish mumkinligini ma’lum qildi.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...