Apple kompaniyasi iOS 18 beshinchi beta-versiyasini taqdim qildi

Postni ulashish:

Asosiy yangilik: foydalanuvchilar iltimosiga ko‘ra, Photos ilovasi dizayni o‘zgartirildi.

Amerikaning Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimining beshinchi beta-versiyasini chiqardi, u Photos ilovasi dizaynini yangiladi va Safari brauzeriga yangi funksiyalar qo‘shdi. Kompaniya iOS 18 barqaror versiyasini kuzda chiqarishni rejalashtirmoqda.

Apple kompaniyasi foydalanuvchilar iltimosiga ko‘ra, Photos ilovasi dizaynini o‘zgartirdi: endi asosiy fotosuratlar tarmog‘idan turli xil suratlar to‘plamini ko‘rish imkoni bo‘lmaydi. Takrorlanuvchi elementlarni olib tashlash orqali ishlab chiquvchilar dasturdagi chalkashliklarni kamaytirgan.

Endi setkaga ko‘proq fotosurat sig‘adi, uni yuqoriga tortish orqali to‘plamlarni ko‘rish mumkin. Bir nechta albomi bo‘lgan foydalanuvchilar ularni ilovaning yuqori qismida ko‘radi va yaqinda saqlangan kontent endi Recent Days to‘plamiga joylashtiriladi.

Safari brauzerida endi veb-sahifalardagi chalg‘ituvchi elementlarni yashirish mumkin, masalan, reklama so‘rovlari, cookie bannerlari va boshqalar. Biroq reklamalarni bloklash imkonsiz, chunki funksiya faqat statik elementlar bilan ishlaydi.

Apple avvalroq iOS 18 ga yo‘qolgan yoki shikastlangan surat va videolarni tiklash imkoniyatini qo‘shgan edi.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...