Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlariga qo‘ng‘iroq qildi

Postni ulashish:

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medallarni qo‘lga kiritgan hamda ikki karra olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari sportchilarni qizg‘in tabriklab, jamoa tomonidan bir kun ichida Olimpiadaning ikkita oltin medali qo‘lga kiritilgani O‘zbekiston sporti uchun tarixiy voqea bo‘lganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Yigitlarimizning dadil va ishonchli chiqishlari, yuksak mahorati va mardligi chinakam qahramonlik namunasi bo‘lgani, Yangi O‘zbekistonning yoshlari nimalarga qodir ekanini ko‘rsatgani, xalqimizga ulkan kuch va g‘urur bag‘ishlaganini ta’kidladi. Murabbiylari, ota-onasi va yaqinlariga minnatdorlik bildirdi.

Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatov alohida e’tibor va yuksak ishonch, sportchilarga barcha sharoitlar yaratilgani uchun davlatimiz rahbariga tashakkur izhor etib, g‘alabalarini Yangi O‘zbekistonga bag‘ishlashlarini aytishdi.

Shavkat Mirziyoyev avvalroq Parij olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasiga ilk oltinni taqdim etgan dzyudochi Diyora Keldibekovaga ham telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgandi.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...