Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi

Postni ulashish:

2023-yil 24-dekabrda o‘tkazilgan ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Davlatimiz rahbari “Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” degan mavzuda nutq so‘zladi va unda shu sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan to‘qqizta muhim tashabbus ilgari surildi.

Bu tashabbuslar asosida mamlakatimizda, shu jumladan, shahrimizda ham muayyan darajada ishlar amalga oshirilmoqda. Birinchi navbatda shahrimizda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan, zamonaviy, muhtasham,  “Ma’rifat maskani”ning ishga tushirilgani ham ana shu tashabbusga amaliy javob bo‘ldi, deyish mumkin. Faqat endi bu yerda haqiqiy ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar o‘tkazib borilsa, hamisha gavjum bo‘lsa, shundagina samarasi tezroq bilinadi.

Prezidentimiz  tomonlaridan yoshlarni milliy va umumbashariy g‘oyalar asosida kamol toptirishda teatr san’atining katta o‘rni borligiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan qirqta teatrga har yili qirqta spektakl uchun davlat buyurtmasi beriladigan bo‘ldi va  shu yilning o‘zida ushbu maqsadga 15 milliard so‘m ajratilishi ta’kidlandi. Yurtboshimiz shu o‘rinda barcha korxona, tashkilot va muassasalarda oyning bir kunini “Teatr kuni” deb e’lon qilib, xodimlarning teatrga borishlarini yo‘lga qo‘yish har tomonlama foydali bo‘lishini ta’kidladilar. Albatta, viloyat teatri ijodiy xodimlari bu borada izlanib ish olib boryaptilar, tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni sahnaga olib chiqyaptilar. Bu tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldiryapti. Masalan yaqinda teatr jamoasi tomonidan Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni asosida tayyorlangan spektakl ham ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Endi bu an’anani izchil davom ettirish kerak. Korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari esa albatta oyning bir kunini teatr uchun ajratib, xodimlarini spektakl tomoshalariga olib kelishni joriy etsalar, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Shu o‘rinda yana bir quvonchli voqeani ham e’tirof etish lozim. Ya’ni shahrimiz markazida juda chiroyli, ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘lgan viloyat qo‘g‘irchoq teatri binosining qurib foydalanishga topshirilgani xalqimizga, xususan, farzandlarimizga ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Endi bu yerda ham bolalar uchun vatanparvarlik, insonparvarlik, halollik, rostgo‘ylik, mardlik fazilatlarini targ‘ib etuvchi qiziqarli qo‘g‘irchoq tomoshalari ko‘rsatilsa, bu ham yoshlarimizning barkamol insonlar bo‘lib kamol topishlarida albatta, muhim rol o‘ynashi tabiiy.

Bu yig‘ilishda yana jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha boshlangan ishlar davom ettirilishi, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ko‘p ming nusxalarda chop etilishi va barcha kutub-xonalarga yetkazib berish choralari ko‘rilishi ham alohida ta’kidlandi. Bu borada mulohaza yuritiladigan bo‘lsa, avvalo shahrimiz markazida Nodirabegim nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi, viloyat bolalar kutubxonasi, Davlatobod tumanida eng zamonaviy axborot kutubxona markazlari muntazam ishlab turibdi. Quvonarlisi, bu kutubxonalar hamisha, har kuni talabalar, o‘quvchilar bilan gavjum. Bundan tashqari oliy o‘quv yurtlarida, maktablarda ham ziyo maskanlari bor. Endigi vazifa avvalo ularning kitob fondlarini yanada boyitish, badiiy va ilmiy-ommabop asarlarning elektron nusxalarini yanada ko‘paytirish choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi.

Prezidentimiz Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi kabi ulug‘ allomalarning bolalik yillari haqida bolalarbop kitoblar yaratish g‘oyasini ham ilgari surdilar. Menimcha, viloyatimizda yashab ijod qilayotgan iste’dodli shoir va yozuvchilarimiz ham ana shu ezgu ishga baholi qudrat o‘z hissalarini qo‘shsalar, ayni muddao bo‘lardi.

Galdagi vazifa ma’naviy–ma’rifiy ishlarni mahallalarga ko‘chirish, har bir mahallada kutubxonalar tashkil etish, borlarini yanada kengaytirish, kitob fondlarini boyitish zarur deb hisoblaymiz. Davlatimiz rahbari aytganlariday, so‘nggi paytlarda o‘z hisobidan kutubxona barpo etayotgan tashabbuskor insonlar ko‘payib borayotganligi quvonarli albatta. Bizningcha, Namangan shahrida ham ma’naviyatga, ma’rifatga homiylik qila oladigan, jumladan, mahallalarda kutubxonalar tashkil etishga qodir tadbirkorlarimiz juda ko‘p. O‘ylaymizki, ularga  bu taklif yetkazilsa, bajonidil buni bajarish ga kirishadilar va mamlakat miqyosida ommalashtirsa arziydigan tajribani yarata oladilar.

Joriy yilning 5 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda ham ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Xususan, maktabgacha va maktab ta’limi va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishlarini tubdan takomillashtirish, yoshlarga o‘z salohiyatini yuzaga chiqarishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Tarbiyada aniq manzilli tizim joriy etiladigan bo‘ldi. Mahallalardagi yoshlarni korxona, tashkilot, muassasa va oliy o‘quv yurtlari rahbarlariga biriktirib qo‘yiladigan bo‘ldi. Har bir rahbar o‘ziga biriktirilgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga amaliy yordam ko‘rsatadi va bu albatta, o‘zining ijobiy natijasini berishiga  ishonamiz.

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov aytganlaridek, “Endi Vatanning ona yanglig‘ yagonaligini bolalarimizga beshikdaligidayoq azon qilib aytishimiz shart”. Chunki bugun O‘zbekiston katta yo‘lga chiqdi. Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishga kirishdi. 2030-yilgacha bajariladigan strategiya kuchga kirdi. Demak, har bir vatandoshimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ana shu buyuk maqsadlarni amalga oshirishda bilim va salohiyatlari bilan, yuksak ma’naviy fazilatlari bilan chinakam vatanparvarlik namunasini ko‘rsatishlari lozim. Zero, akademik shoirimiz Gʻafur Gʻulom da’vat etganiday:

A’lo mamlakatning a’lo farzandi

Bilib  qo‘yki,  seni Vatan kutadi.   

              Komiljon FAYZIYEV,

 NamDU o‘zbek adabiyotshunoslik  kafedrasi o‘qituvchisi,

shahar ma’naviyat-ma’rifat kengashi a’zosi

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...