Qoidabuzar necha marta jazolanishi mumkin?!

Postni ulashish:

Haydovchilik guvohnomasi har bir fuqaroga, har bir oilaga, har bir tashkilotga birinchi navbatdagi hayotiy zarurat hisoblanadi.

Uzoq payt tortishuvlardan keyin Senat bir yil davomida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun 12 martadan ortiq qoidabuzarlik uchun  to‘plangan jarima ballariga asosan haydovchilik huquqidan xuddi hozirgiday (avtomatik ravishda kelayotgan jarimalarga o‘xshab) haydovchilik huquqidan mahrum qilish mumkinligi haqidagi qonunni qabul qildi.

Qaysi qoidabuzarlik uchun qancha jarima ballari belgilanishi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanar ekan.

Jarima ballarini belgilashda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi, masalan svetoforni qizil chirog‘ida o‘tib ketsa, mast holda transport boshqarsa haydovchilik huquqidan mahrum qilinsa adolatli bo‘ladi.

Lekin,  “beayb faqat Parvardigor”, deganlaridek har bir haydovchi hattoki u olim, vazir, prokuror, hokim, oddiy kirakash taksist bo‘lsa ham ba’zan o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda yo‘l chizig‘ini bosib qo‘yishi mumkin. Yoki belgilanmagan joyda  to‘xtash kabi nisbatan xavfli bo‘lmagan oddiy qoidabuzarlik sodir qilishi mumkinligini hisobga olish zarur edi. Bir yilda 12 marta chiziq bosibsan deb haydovchilik huquqidan mahrum qilinsa juda ko‘p fuqarolar jabr ko‘radi. Ishidan, tirikchiligidan, oilasini boqish manbaidan ajraladi. Oqibatda tushkunlikka tushib boshqa jinoyatlar ham qilishi mumkin.

Adolat va haqiqat bo‘lishining tarafdori ekanmiz, bir qoidabuzarlik uchun haydovchi bir marta jazolanishi kerakligini esdan chiqarmaslik zarur. Hozirgi amaliyotda esa bir qoidabuzarlikka ko‘plab haydovchilar ikki martadan jarima to‘layaptilar.

Masalan yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchini avtomashinasi ilgari YHXBga qarashli jarima maydonlarida saqlanar edi. Hozir esa xususiy shaxslarga tegishli joylarda saqlanib fuqaro YHXBda jarimani to‘lab chiqqach, avtomashinasini olish uchun yana jarimasidan ko‘p bo‘lgan summani xususiy “stoyanka” egasiga to‘lamoqda. Bu bilan u ikki martadan moddiy jazolanmoqda.

Yangi qabul qilingan qonunga ko‘ra esa fuqaro ilgari ikki martadan jazolangan qoidabuzarlik uchun umumlashtirilgan holda uchinchi marta jazolanib, haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi.

Afsuski biz oddiy saylovchilar bizning fuqaro sifatidagi huquqlarimizni himoya qiladi deb o‘ylab saylagan biror deputat yoki Senator masalani bu tomonlarini o‘ylab ham ko‘rmadi. Oliy Majlisda qonun loyihasini taqdim qilayotgan YHX vakiliga savol ham bermayapti, o‘z fikrini ham aytmayapti. Oliy Majlis esa biz kabi oddiy  saylovchi fuqarolarni taklif qilib, fikr so‘ramayapti, YHXB vakiliga oddiy saylovchi, haydovchi sifatida savollarimizni berishga sharoit yaratilmayapti. Bir tarafni fikri bilan qonun qabul qilinmoqda. Boz ustiga YHXBga qonunchilik tashabbusi huquqi berilmagani e’tiborga olinmayapti!

Shuning uchun ushbu qonun Senatda qabul qilingan bo‘lsada Prezidentimiz imzolaguncha kuchga kirmasligini hisobga olib, oddiy  fuqarolar manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan jamoat tashkilotlari ushbu masalada o‘z fikrlarimizni Prezidentimiz nomiga ham yuborib ushbu Senat qabul qilgan qonunni konstitutsiyamizga ham muvofiqligini shoshilmay o‘rganib chiqilishini taklif qilishimiz kerak.

Abdusattor  IRANOV,
Namangan  shahar, “Ravnaq” MFY, Yunus Rajabiy ko‘cha
11-uyda yashovchi oddiy saylovchi

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...