“Barcha bolalar muvaffaqiyatli”

Postni ulashish:

Barcha bolalar muvaffaqiyatli. Bu shoir yoki aynan bir mavzu doirasida ko‘tarilgan muammolarga qaratilgan chaqiriq bo‘libgina qolmay, besh yilga mo‘ljallangan ijtimoiy loyihadir. Ha yurtimizdagi barcha bolalar muvaffaqiyatli, albatta. Ularning muvaffaqiyati asosini birgina omil ta’lim olish tashikil etadi.

Toshkentning Hilton mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan seminar-trening mavzusi “O‘zbekiston OAVlarida inklyuziv ta’limning yoritilishi”ga bag‘ishlandi.  

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini “Yuksalish” harakati bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgani yana ham ahamiyatlidir.

Anjumanda AQShning mamlakatimizdagi elchisi Jonatan Xenik, “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodovlar o‘z chiqishlari orqali mazkur dolzarb masala yuzasidan bildirgan fikr va mulohazalari rasmiyatchilikdan holi, samimiy fikrlari, va hayotiy misollar bilan ma’ruzalarini taqdim etganidan, tadbirning qanchalik darajadagi muhimligini anglash mumkin.  

Tadbirida Namangan, Sirdaryo va Toshkentdan 40 ga yaqin jurnalist va blogerlar qatnashdi. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Nima uchun ishtirokchilar faqat Namangan, Sirdaryo va Toshkentdan? Bunga esa aniq javobi ham bor.

“Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi trenerlari ushbu 3 hududning 9 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga inkluziv ta’lim berish bo‘yicha trening boshladi. Unda inkluziv ta’limga daxldor universal dizayn, o‘qituvchilar individual ta’lim rejalarini ishlab chiqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mavzularni o‘z ichiga oldi.

Mazkur ahamiyatli loyihaga kirishishdan avval maxsus hamda umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlar bilan ishlovchi 6 ta maktab, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, mahallalar qamrab olindi.

Besh yillik davrga mo‘ljallangan loyiha maqsad va natijalarining dolzarbligi jihatidan unga Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirliklari ham katta qiziqish bildirib, “Creative Associates International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda ishlar olib boradilar.  

– Media sohasi xodimlarining inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi tushunchalarini mustahkamlash va nogironligi bo‘lgan shaxslarga alohida e’tibor qaratgan holda ularning orasidagi turli odamlar hayotini yoritish bo‘yicha ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat.

Trening ishtirokchilarga bu borada zarur bilimlarni berish orqali mediada inklyuziv ta’lim va nogironligi bor shaxslarga oid mavzularga axloqan va hurmat bilan yondoshib materiallarni tayyorlash bo‘yicha olib borgan seminar sessiyalari hamkablarimiz uchun juda ham foydali bo‘ldi, – deydi zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi treneri Dilfuza Mirzahmedova.

Seminar-treningni boshqalaridan farqi, qolaversa ustun tomoni mazkur mavzuga daxldor shaxslarning ishtiroki uning ahamiyatini yanada oshirdi. Nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isaqov, uning o‘rinbosari Abdulla Abduxalilov, “Sharoit plus” nogironlar jamoat birlashmasi rahbari Muhabbat Rahimova, trenerlar va mutaxassislarning mavzuga doir qonunchilik asoslari, OAVda yoritish masalalari bo‘yicha fikr, mulohazalari barchaga manzur bo‘ldi.  

Anjuman yakunida loyiha rahbari Kate Lapham tomonidan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...