Ijtimoiy xodimning mehribonligi

Postni ulashish:

Tahririyatga telefon orqali murojaat bo‘ldi. Telefon qilgan shaxs nogiron Matluba Adasheva ekan. U shahrimizning “Ma’naviyat” mahallasi “7-Mingchinor” 7-uyning 17-xonadonida yashayrkan.

– Dahamizda bir necha nogiron bormiz. Bizga ijtimoiy xodim yordamchisi Shahnoza biriktirilgan. Uning ishidan, muomalasidan juda xursandmiz. Shunaqa oddiy kasb egalarini rag‘batlantirish kerak, – deb o‘ylayman.

Ha, oramizda oddiy kasbini e’zozlab, uning mas’uliyatini qiladiganlar ko‘p. Shahnoza Madaminova ana shularning biri…

Ma’lumki, Yurtboshimiz imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoyi himoyasi uchun tizimni tashkil etgandi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi edi. Agentlikning viloyat boshqarmalari tashkil etilib, jumladan Namanganda ham bu soha rivojlanmoqda. Agentlikning Yangi Namangan tumani “Inson” ijtimoiy xizmat markaziga Azizbek Jo‘raboyev direktorlik qiladi. Hududlarda 9 nafar ijtimoiy xodim yordamchisi bor. Ular faoliyatini Hakima Po‘latova, Boburjon Sobitxonovlar muvofiqlashtirib borishadi.

O‘zi chaqqon, shirinso‘z Shahnoza Madaminova 10 nafar nogironlarga xizmat ko‘rsatadi. “7-Mingchinor” dahasida yana Asila Iminova, Otiqa Rajabova, Nargiza Murodova, O‘g‘ilxon Karimova va uning qizi Shohista Karimovalar bor. Shuningdek, “Yoshlik” mahallasidan Muborak Mehmonova, Jamila Nabiyeva, Rokiya Yo‘ldoshevalar borki, ular ham Shahnozadan mamnun.

Sh. Madaminova aslo charchamaydi. Har bir nogiron holidan vaqtida xabardor bo‘ladi. kerakli muolaja va qo‘llab-quvvatlov tadbirlarini bajaradi. Shu bois uning xizmatidan qalbi quvonchga to‘lgan opa-singillarimiz bizga qo‘ng‘iroq qilib, tashakkurlarini bildirishdi.

Nasimjon YUNUSOV, “Namangan sadosi” maxsus muxbiri

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...