Yuksalish harakati: xotin-qizlar tadbirkorligi monitoringi

Postni ulashish:

Avval xabar berganimizdek “Yuksalish” umummilliy harakati hududiy bo‘limi qator yo‘nalishlarda idora, tashkilot, muassasa va madaniyat sohasi vakillari, NNT rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Jumladan, tadbirkor va ishbilarmon ayollarni qo‘llash maqsadida Davlat dasturida xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni sotishga ko‘maklashish masalalari ham ko‘zda tutilgan. Bu esa tadbirkorlik istagi bor, ammo biroz cho‘chiyotgan ayollarga jiddu jahd beradi, qulaylik yaratadi. Shu o‘rinda qayd etish joizki, qonunchilikka ko‘ra, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlari uchun davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan olti oydan uch yilgacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foizli 33 million so‘mgacha kreditlar ajratilishi belgilangan. Ayni paytda ushbu imtiyozlardan foydalanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yayotgan, nafaqat o‘zi, balki yon-atrofidagi ayol-qizlarni ham ish bilan band qilayotgan ayollarimiz safi kengaymoqda.

Hududiy bo‘linma tomonidan Davlat dasturining 40-bandi “Joylarda xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni sotishga ko‘maklashish” yuzasidan viloyat xotin-qizlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi M.Vorisova va savdo sanoat palatasi vakili B. Nazarova bilan hamkorlikda monitoring ishlari olib borildi. Shahar va tumanlarda faoliyat olib borayotgan 25 nafar tadbirkor ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan 30 turdagi, umumiy qiymati 6 mlrd. so‘mdan ziyod bo‘lgan mahsulotlarni mahalliy hamda qo‘shni davlatlarida hamda onlayn bozor (Olx.uz, uzum.uz, zoodmall.uz) va telegram ijtimoiy tarmoqlari orqali sotilishi bo‘yicha savdo-sanoat palatasi bo‘limlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilayotganligi ijobiy holdir. Shuningdek, tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha yirik korxonalar bilan yillik shartnomalar tuzilishida ham huquqiy maslahatlar berilgan.

Masalan, “SAS teks invest” MCHJda 200 nafardan ortiq xotin-qiz doimiy ish bilan band. Korxona asosan trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Tayyor mahsulotlarni Germaniya, Amerika,  Rossiya, Ozarbayjon va Qozog‘iston davlatlariga eksport qiladi. Rossiya davlatida tashkilotning alohida savdo uyi mavjud. “KID kamila” MCHJda esa ayni paytda 70 nafardan ortiq ayol ishlamoqda. Bu yerda asosan yotoq choyshablari va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Tayyor mahsulotlarni Rossiyaga eksport qiladi. “Zohidabonu” nomidagi yakka tartibda faoliyat ko‘rsatadigan ishlab chiqarish korxonasida asosan ayollar milliy liboslari tikiladi. “Ayollar daftari” hisobida turgan 25 nafar xotin-qizni tikuv mashinalari bilan ta’minlab, uyda mahsulot tayyorlash shaklida ish bilan ta’minlagan. Yakka tartibdagi tadbirkor N. Hamdamova esa gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Olti yillik faoliyati davomida o‘ndan ortiq xonadonlardagi ayollarni daromadli yumush bilan band qilgan. 2023-yilda tadbirkorligini rivojlantirish uchun tayyorlagan loyihasi bo‘yicha 100 mln. so‘m kredit olishga erishgan. U asosan tayyor mahsulotlarini mahalliy va Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qiladi. Yuqoridagi tadbirkor ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar savdo-sanoat palatasi tomonidan reklama qilinishi va sotilishiga yordam berilishi aniqlandi.

Monitoring yakunlari bo‘yicha bo‘linma tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlashning amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ularning kichik biznes loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratilishida ko‘maklashib borish tavsiyaviy takliflari berildi.

Nargiza MUHAMMADIYEVA,
“Yuksalik” harakati viloyat bo‘linma rahbari

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...