Ayol faol bo‘lsa…

Postni ulashish:

Ma’lumki, mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. Ayollarning barcha sohalardagi samarali mehnati, ayniqsa, farzandlar tarbiyasi, jamiyat va oila hayotidagi ulkan xizmatlarini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.

Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati va g‘amxo‘rligi bilan o‘lchanadi. Shu ma’noda, so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.

Prezidentimizning  “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish borasida tub burilish davri boshlanganidan dalolat berdi.

Yurtimizda “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi”, degan ezgu g‘oyani hayotimizning kundalik qoidasiga aylantirish, moʻtabar onalarimiz, opa-singillarimiz va qizlarimizga munosib sharoit yaratib berish “Inson qadri uchun!” tamoyilining amaldagi ifodasi hisoblanadi.

Bugungi kunda viloyatimizda aholi soni 3,1 mln. nafar bo‘lib, shundan

1,5 mln. nafari (49,9 foiz) xotin-qizlardir. Viloyatimizda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida mamlakatimiz rahbarining 2022-yil 21-sentyabrda qabul qilgan “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lmoqda. Mazkur qarorda faoliyatimizdagi barcha yo‘nalishlar kesimida vazifalar belgilangan.

Xususan, viloyatda 2020-2024-yillar davomida 226 500 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi. Jumladan, 85 230 nafari bo‘sh va yangi yaratilgan ish o‘rinlariga, 31 620 nafari xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga, 38,5 ming nafari kichik biznes loyihalariga imtiyozli kredit ajratish, 45,5 ming nafari o‘zini o‘zi band qilish, 23 807 nafariga uzoq muddatli yer ajratish, 1843 nafari hunarmandlar uyushmasiga a’zo bo‘lish orqali bandligi ta’minlandi.

Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan ishsiz ayollarning bandligini ta’minlash, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash, shuningdek, oilaviy tadbirkorlik uchun kreditlar taklif etilgan loyihalarga yo‘naltirildi. Bu yo‘nalish bo‘yicha mahallalar kesimida ishlash istagini bildirgan xotin-qizlarning ro‘yxati shakllantirildi. Hududlar va tarmoqlar kesimida kasb-hunarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi.

Mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, hunarmandchilik, kasanachilik va tomorqachilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga o‘z vaqtida subsidiyalar ajratish yaxshi samara berdi.

Tadbirkor ayollar safini ko‘paytirish, kam daromadli, ishsiz ayollar bandligini ta’minlash maqsadida o‘tgan yillar davomida 58200 nafari kasb-hunarga o‘qitildi. 191246 nafariga esa tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 3,8  trln. So‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada viloyatimizda yirik tadbirkor xotin-qizlar soni 1600 nafarni tashkil etmoqda. Birgina, o‘tgan yilning 8 oy davomida ishsiz va kam daromadli 7,5 ming nafar xotin-qizga 88,7 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratilishi tufayli 8,3 ming nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

Hunarmandchilikning “Ustoz – shogird” an’anasi orqali 10740 nafar xotin-qiz turli kasblarga yo‘naltirildi. 2024-yilning o‘zida 85 ming nafar xotin-qizga 6 ta toifa bo‘yicha viloyat hokimi rahbarligida sektorlar, mas’ul tashkilot hamda boshqarmalarni jalb etgan holda ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, xuquqiy va psixologik yordamlar berildi. Ushbu hayrli ishlarga 75 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Bu yordamlar orqali har bir ehtiyojmand xotin-qizlar albatta “Prezident mehri”ni his etmoqda.

2020-2024 yillar davomida 88,2 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga ehtiyojmand 5 184  nafar xotin-qizning yashash sharoitlari yaxshilanib, 1680 nafari uy-joy bilan ta’minlandi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 1350 nafar xotin-qizning 6,5 mlrd. so‘mlik kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi.

Barcha mahallalarda oilaviy, milliy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash borasida “Ayol jamiyat ko‘zgusi”, “Oila muqaddas dargoh” va boshqa mavzulardagi psixologik treninglar ko‘tarinkilik kayfiyatida o‘tkazildi. Ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda hamda “Xon atlas” festivallarida 10 mingdan ortiq, “Milliy libosim – milliy g‘ururim” mavzusidagi ommaviy ko‘rgazmalarda 18 mingdan ortiq xotin-qiz ishtirok etdi.

Kelgusida Namangan shahar, Yangi Namangan va Chust tumanlarida “Hunarmandchilik sanoat markazlari” tashkil etish orqali 20 nafardan xotin-qizlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 1000 nafar xotin-qizlar kasanachilik asosida doimiy ish bilan band bo‘lishiga erishish maqsad qilingan.

Bu vazifalarni bajarishda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ishtiroki kuchayib borayotgani ayniqsa muhimdir. “Xonadonbay” o‘rganishlar natijasida ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga manzilli yordam ko‘rsatilgani, notinch oilalarning ma’naviy sog‘lomlashtirilganini bugun  alohida  e’tirof etamiz.

Muxtasar aytganda, jamiyatda ayol qadr-qimmati, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zotan, jamiyatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ifoda etish, davlat va jamiyat munosabatlarida ayollarning o‘rni va rolini yanada oshirish, ularning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy sohalarda manfaatlarini himoya qilish masalasi Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans avlodini shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Nozima  BAXRIDDINOVA,
viloyat hokimligining  oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati mudiri

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...