HUVAYDO ZIYORATGOHIDAN katta bilim va tassurot bilan

Postni ulashish:

Namangan Davlat Universiteti filologiya fakulteti o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi  mudiri, dotsent Mo‘minjon Sulaymonov rahbarligida o‘qituvchilardan Komiljon Abdullayev, Abbosjon Rohataliyev, Behzodjon Ashurovlar Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Chimyon qishlog‘idagi Xo‘janazar Huvaydo  ziyoratgohiga ijodiy sayohat uyushtirdilar.

Ma’lumki, Huvaydo  mumtoz adabiyotning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. Ahmad Yassaviy, So‘fi Olloyor, Navoiy, Mashrab kabi shoirlarning tasavvufga oid asarlaridan ta’sirlangan va o‘zi ham shunday ruhdagi g‘azallarni yaratgan. Ularda inson ruhiyati, kechinmalari, axloq-odob mavzulari o‘z ifodasini topgan. Shoirning yettinchi avlodi vakili Sobirjon Muqimov Huvaydoning otasi Gʻoyibnazar so‘fining  asli O‘shlik bo‘lgani, Qashqardagi Ofoqxo‘ja eshonga murid  tushgani, Chimyon qishlog‘idan uylangani, bu joyda madrasa qurdirgani, Xo‘janazarning dunyoga kelishi, unga Ofoqxo‘ja eshon tomonidan Xo‘janazar deb ism qo‘yilgani, Huvaydoning ijodi, devonlari, sho‘ro tuzumi davrida u dafn etilgan joy buzib tashlangani, kitoblari  mafkura tazyiqida bo‘lgani, mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan uning nomini abadiylashtirish, maqbarasini qurish, obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi. NamDU o‘qituvchilari ziyoratdan katta taassurotlar olishdi va talabalarga shoir hayoti va ijodi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni yetkazishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.

Komiljon FAYZIYEV,

o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi

Oldingi sahifa
Keyingi sahifa

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...