Yangiqo‘rg‘on – agrar tarmoq, sanoat va turizm rivojlanayotgan tuman.

Bugun markaziy va mahalliy OAVlar xodimlari, blogerlar uchun Yangiqo‘rg‘on tumaniga Press tur tashkil etildi.
Media tadbir “Barkamol” hamda “Rovut” mahallasida yettilik faoliyati, tomorqadan unumli foydalanish, fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilish yuzasidan olib borilgan ishlar bilan tanishishdan boshlandi.


Shundan so‘ng xorijiy investor ishtirokida tashkil etilgan “QANDIYON G’ISHT” MCHJ qo‘shma korxonaning faoliyati, “Turkiston Sadoqat Baxt Iqboli” agrofirma hududidagi “Yangiqo‘rg‘on yangi tongi” fermer xo‘jaligi tomonidan 10 gektar maydonda intensiv usulida ekilgan pomidor yetishitirish ishlari o‘rganildi.
O‘tgan yili “Turizm qishlog‘i” maqomini olgan Nanayda yangi ish boshlagan bir qator dam olish maskanlari va uy mehmonxonalari ko‘zdan kechirildi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari tumanda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida xabar va lavhalar, reportaj va ijtimoiy tarmoqlar uchun media kontentlar tayyorlashdi.
