Yangi Namangan tumanidagi «Yoşlik baraka» çorva hayvonlari bozorida IV xalqaro zotdor çorva hayvonlari va parrandalar körgazmasi bölib ötdi. Unda Namangan viloyati hamda respublikamizning turli hududlaridan kelgan fermerlar, çorvadorlar, tadbirkorlar, soha mutaxassislari, şuningdek, qöşni davlatlar vakillari iştirok etdi.
Körgazma maydonida turli zotdagi qöy-eçkilar, qoramollar, otlar, tuyalar, quyonlar va parrandalar namoyiş qilindi. Taşrif buyuruvçilar ularning nasl xususiyatlari, taşqi körinişi va mahsuldorlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdi. Ayniqsa, zotdor hayvonlarni parvarişlaş va köpaytiriş borasidagi tajribalar iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi. Tadbir nafaqat soha vakillari, balki çorvaçilikka qiziquvçi fuqarolar uçun ham öziga xos tajriba almaşiş maydoni böldi.
Körgazmaning har yili ötkazilişi zamirida muhim maqsad mujassam. Bu — çorvaçilik va parrandaçilikni rivojlantiriş, naslçilik işlarini takomillaştiriş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş hamda mahalliy va xorijiy işlab çiqaruvçilar örtasida hamkorlikni mustahkamlaşdir. Zero, tarmoqning raqobatbardoşligi çorva mollari soni bilangina emas, balki ularning zoti, nasli va mahsuldorligi bilan ham belgilanadi.
Namangan viloyatida ham çorvaçilik tarmoğining qamrovi kengayib bormoqda. Ayni paytda uşbu yönalişda 735 ta subyekt faoliyat yuritmoqda. Ularning 300 tasi qoramolçilik, 24 tasi qöy-eçkiçilik, 76 tasi parrandaçilik, bittasi otçilik va tuyaçilik, 14 tasi esa asalariçilikka ixtisoslaşgan. Baliqçilik yönalişida ham 320 ta subyekt faoliyat olib bormoqda. Mazkur tarmoqlar uçun ajratilgan yer maydonlari jami 15 ming 863 gektarni taşkil etadi.
Sohadagi muhim yönalişlardan biri naslçilik salohiyatini oşirişdir. Xususan, viloyatga xorijdan zotdor çorva hayvonlari olib kelinmoqda. Birgina Mongoliyadan 700 boşdan ziyod qöy keltirilgan edi. Ötgan vaqt davomida ulardan nasl olinib, qöylar soni tabiiy köpayiş hisobiga ortdi. Bu esa zotdor çorva hayvonlarini köpaytiriş va mahalliy naslçilik salohiyatini mustahkamlaş borasidagi amaliy natijalardan biridir.
Şu bilan birga, viloyatda yirik çorvaçilik loyihalari ham amalga oşirilmoqda. Töraqörğon tumanida 70 ming boş qöyga möljallangan zamonaviy çorvaçilik klasteri mavjud. Bir qator tumanlarda parrandaçilik majmualarini rivojlantiriş işlari olib borilmoqda. Kosonsoy tumanida esa 25 ming boş qoramolga möljallangan yirik çorvaçilik kompleksini barpo etiş rejalaştirilgan. Bu kabi taşabbuslar tarmoqning işlab çiqariş imkoniyatlarini kengaytiriş, mahsulot hajmini oşiriş va yangi iş örinlari yaratişga xizmat qiladi.
Körgazma xalqaro muloqot va tajriba almaşiş uçun ham qulay maydon böldi. Qöşni davlatlardan taşrif buyurgan soha vakillari, şuningdek, respublikamizning boşqa hududlaridan kelgan çorvadorlar özaro fikr almaşdi. Zotdor hayvonlar yetiştiriş, naslçilik tajribasini örganiş va kelgusida hamkorlik qiliş böyiça qiziqiş bildirildi. Bunday uçraşuvlar sohaga yangi tajriba va işbilarmonlik aloqalarini olib kirişi bilan ahamiyatlidir.
Tadbir doirasida qişloq xöjaligi mahsulotlari körgazmasi va savdo yarmarkalari ham taşkil etildi. Unda göşt-sut va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari, asalariçilik mahsulotlari, veterinariya preparatlari namoyiş qilindi. Tijorat banklari esa tadbirkorlarga moliyaviy xizmatlar, kreditlaş imkoniyatlari va hamkorlik takliflarini taqdim etdi.
Bugun Namangan viloyatida yetiştirilayotgan göşt va sut mahsulotlari nafaqat mahalliy bozorlar ehtiyojini ta’minlamoqda, balki respublikamizning boşqa hududlariga ham yetkazib berilmoqda. Bu esa çorvaçilikning hudud iqtisodiyotidagi örni, aholi dasturxonini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlaşdagi ahamiyati va tarmoqning eksport salohiyatini oşiriş imkoniyatlarini namoyon etadi.
Şu ma’noda, IV xalqaro körgazma oddiy namoyiş tadbiridan köra kengroq mazmun kasb etdi. U çorvadorlar, tadbirkorlar, mutaxassislar va sohaga qiziquvçi aholi uçun tajriba almaşiş, yangi imkoniyatlarni kaşf etiş hamda özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş maydoniga aylandi.
Sanjarbek HAMIDOV,
«Namangan sadosi» muxbiri.
