“MAHALLA YЕTTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI

Postni ulashish:

Mahallaning asosiy vazifalaridan biri aholini ijtimoiy g‘amxo‘rliklar bilan qurshab olishdir. U avvalo, odamlar o‘rtasida o‘zaro yordam, qo‘llab-quvvatlash va ma’naviy tarbiya tizimini shakllantiradi. Mahalla doirasidagi oilaviy yordam, nafaqalar va ijtimoiy himoya mexanizmlarini barqaror ishlashi ta’minlashdi.

Shu boisdan mahalla fuqaro yig‘inlari faoliyatini yanada jonlantirishda, avvalo, fuqarolarni davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga keng jalb etish, undagi faol ishtirokini ta’minlash asosiy maqsadga aylandi.

Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Dilmurod Umrzoqov joylarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda “yettilik” faoliyatini o‘rganish maqsadida “Lola” mahallasida bo‘ldi. Mahallaning 1224 xonadonida 7595 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ularga sifatli xizmat ko‘rsatish, og‘irini yengil qilish, ijtimoiy-qtisodiy ahvolini yaxshilash uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

Mahallani kambag‘allikdan holi hududga aylantirish, aholi farovonligini oshirish, kichik biznesni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

Sohibkor ko‘chasida istiqomat qiluvchi Robiya Mavlonovaga subsidiya asosida tikuv mashinasi berilgan. Hozirgi kunda tikuvchilik bilan shug‘ullanish orqali oyiga besh million so‘mdan ziyod sof daromad olayotgan tadbirkor faoliyati o‘rganildi.

Mahallaning yana bir fuqarosi o‘z uyida subsidiya asosida issiqxona tashkil etgan. Muyassar Boltaboyeva  kelgusida ko‘chat yetishtirishga qiziqish bildirgan qo‘shnilarini ham ushbu yo‘nalishga o‘rgatish rejasi borligini bildirdi. Bu borada mahallada targ‘ibot ishlari, imtiyozli kreditlar ajratilishi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan kelishib olindi.

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilar ekan, boshqa xonadonlarda ham tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, mavjud subektlarni yanada kengaytirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqilib, zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Ya’ni, 25 ta oilaviy tadbirkorlik uchun kredit, “Biznesga birinchi qadam” loyihasi doirasida 11 ta hamda 14 nafar fuqaroga subsidiyalar ajratish hal etilgan.

Muloqotlar chog‘ida so‘z olganlar oxirgi yillarda mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va rolini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar natijasini bugun xalqimiz o‘z kundalik hayotida sezayotgani, his qilayotgani qayd etildi.

Dilmurod Umrzoqov mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, tadbirkorlik sub’yektlarini ko‘paytirish, yoshlarni bandligini ta’minlash hamda jinoyatchilikdan holi xududga aylantirish bo‘yicha mahalla yettiligiga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. Xalqni rozi qilishda mahalla tizimidagi samarali faoliyat, hamjihatlik muhimligi qayd etildi.

Mahallada yoshlarni tarbiyalash, yosh avlod ongiga milliy an’analar va qadriyatlarni singdirish, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni targ‘ib etish kabi mas’uliyatli vazifalar topshirildi.

Nasimjon YUNUSOV

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...