Gullar festivali: 200 million dona gul

Postni ulashish:

Shahrimizda o‘tkaziladigan an’anaviy bayram – Xalqaro gullar festivaliga hozirdanoq tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.

64-marta o‘tkaziladigan o‘ziga xos takrorlanmas an’anaviy festival uchun 1000 turdan ortiq 200 million dona bir yillik, ko‘p yillik va boshqa turdagi gul ko‘chatlari yetishtirilmoqda

Namangan gulchilar assosiatsiyasidagi 100 nafardan ortiq usta-gulchilar ayni kunda 200 million donadan ortiq gul nihollarini  parvarishlamoqdalar. 16 gektarlik gul plantatsiyasida, shuningdek, Davlatobod tumanining “Yuksalish”, Namangan tumanining “Navro‘z” massivlaridagi issiqxonalarda ikki mingdan ortiq gulchilar ish bilan band. Festival munosabati bilan viloyatimiz va shahrimiz mehmonlariga zavq va shavq, ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida million-million gul ko‘chatlari ko‘chalarga hamda xiyobonlarga gilam kabi to‘shaladi.

– O‘zim gulchilarning to‘rtinchi avlodidanman. Bobom, otam va akam, deyarli butun mahallamiz ahli azaldan gulchilik bilan shug‘ullanadi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan gullar bayrami xalqaro maqom olgani, viloyat rahbarining gulchilarga alohida e’tibori orqali sohani sanoat darajasiga chiqishiga zamin yaratdi, –  deydi Namangan gulchilik klasteri rahbari  Oybek Nuriddinov.

Bu mavsumda Namangan shahriga 100 million dona gul ko‘chati ekish rejalashtirilgan edi. Bu ko‘rsatkichni esa gulchilar tomonidan ikki barobarga ko‘paytirish maqsad qilingan. Ortgan gullar qo‘shni respublikalarga eksport qilinadi.

Shu kunlarda shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari  gulxonalarda, yo‘l yoqalarida agrotexnik ishlovlar olib borishmoqda. Boshqarmaga qarashli issiqxonalarda 100 xildan ziyod jami 4 milliondan ortiq gul urug‘lari ekilib, o‘stirilmoqda. 

– Quyoshli kunlardan foydalanib ko‘cha va xiyobonlarni gulga burkash bo‘yicha landshaft-dizaynerlarimiz tunu kun mehnat qilishmoqda, – deydi boshqarma boshlig‘i Husniddin Qozoqboyev. – Ming nafarga yaqin xodimlarimiz obodonlashtirish ishlarida ko‘tarinki kayfiyatda mehnat qilishmoqda.

Anvar IKROM

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...